7−8-noyabr kunlari Toshkentda UEnter tomonidan O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan UZEX AI Hackathon bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish uchun uch kishidan iborat jamoalar taklif etiladi. Ular 48 soat ichida birjaning real vazifalari uchun sun’iy intellektga asoslangan yechimlar prototiplarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.
Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, raqamli xizmatlar qulayligini oshirish hamda foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish asosiy yo‘nalishlar bo‘ladi.
Xakaton davomida jamoalar tajribali mentorlar ko‘magida ish olib boradilar. Tashkilotchilar aniq topshiriqlarni tadbir avvalida taqdim etadilar.
G‘oliblar quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadilar:
- birinchi o‘rin — uchta MacBook Air;
- ikkinchi o‘rin — uchta MacBook Neo;
- uchinchi o‘rin — uchta Apple Watch.
Arizalar 3 noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish zarur.