3-noyabr kuni Toshkentda Meta kompaniyasining From Conversations to Conversions: How to Turn WhatsApp into a Sales Channel mavzusidagi uchinchi amaliy seminari bo‘lib o‘tadi. Unda WhatsApp’dan savdo kanali sifatida foydalanish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali mijozlarni jalb qilish, reklama kampaniyalarini sozlash hamda kelib tushayotgan arizalar sifatini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi.

Seminarda Furqat Ravshanov va Ivana Fayziyeva spiker sifatida qatnashadi. Ular WhatsApp Business Platform imkoniyatlari, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish vositalari va reklama kampaniyalari samaradorligini oshirish yondashuvlari haqida so‘zlab beradilar.

Ishtirokchilar potensial xaridorlar bilan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlash va yozishmalarni buyurtmaga aylantirish ko‘rsatkichini oshirishni o‘rganadilar.

Joylar soni 60 tagacha cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.