XOS Corporation strategiya bo‘limi rahbari Diyas Mutalov biologik faol qo‘shimchalarni sotish nega qiyinligi va Wildberries kompaniyaga MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalar bozori ishlab chiqaruvchi uchun eng murakkab yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahsulot salomatlik bilan bog‘liq, biroq dori vositasi hisoblanmaydi, ushbu toifadagi reklama qonun bilan cheklangan, ko‘plab xaridorlar esa odatiga ko‘ra import brendlariga ko‘proq ishonadi. Shu sababli sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifaning faqat bir qismi. Zavoddan xaridorgacha bo‘lgan yo‘lni to‘g‘ri tashkil etish ham shunchalik muhim.
XOS Corporation kompaniyalar guruhi bozorda 2018-yildan beri faoliyat yuritadi va bugungi kunda o‘z formulalari asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaradi. Guruh strategiya bo‘limi rahbari Diyas Mutalov yangi mahsulotlar qanday paydo bo‘lishi, kompaniya uchun qadoqlarni O‘zbekistondan ko‘ra Xitoydan xarid qilish nega foydaliroq ekani va Wildberries’ga chiqish nimalar bergani haqida so‘zlab berdi.
XOS Corporation
Kompaniya asoschisi Odiljon Xo‘jayevdan. U travmatolog-ortoped va jarroh, hozirgacha bu insonni konsultatsiyalarga taklif qilishadi. Bir paytlar u O‘zbekistonda salomatlik uchun mo‘ljallangan qator mahsulotlar yetishmasligiga duch kelgan va amaliyotdan biznesga o‘tishga qaror qilgan. Dastlab farmatsevtika kompaniyasida tibbiy vakil bo‘lib ishlagan, keyin import bilan shug‘ullangan, shundan so‘ng o‘z formulalarimizni ishlab chiqishni boshladik.
Muvaffaqiyat olib kelgan birinchi mahsulot “Akula tog‘ayi” bo‘ldi — baliq kollageni va kalsiy asosidagi kompleks. Ushbu komponentlarni birlashtirish g‘oyasi Odiljon Xo‘jayevning shifokorlik tajribasi asosida paydo bo‘lgan. Bugungi kunda guruh tarkibiga O‘zbekistondagi yettita, Qirg‘izistondagi bitta va BAAdagi uchta kompaniya kiradi, portfelda esa ro‘yxatdan o‘tkazilgan 92 ta nomdagi mahsulot mavjud.
XOS Corporation
Ko‘pincha biz bozor tendensiyalariga ergashamiz. Masalan, magniy sitrati va B6 vitaminini birgalikda qo‘llashga talab yuqori ekanini ko‘ramiz. Qanday xomashyoga ega ekanimizni ko‘rib chiqamiz, formulani tuzamiz, sinab ko‘ramiz, dozasini ishlab chiqamiz va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshiramiz. Shundan keyin mahsulot toksikologik tadqiqotlardan, og‘ir metallarga tekshiruvdan, bakteriologik va radiologik nazoratdan o‘tadi. Faqat barcha xulosalar olinganidan keyin sinov partiyasini chiqaramiz.
O‘rtacha hisobda g‘oyadan partiyagacha qariyb sakkiz oy vaqt ketadi. Tezroq qilish mumkin, lekin biz bu mahsulotlar salomatlik uchun ekanini tushunamiz. Formulani o‘ylab topasan, keyin esa: kapsula juda katta emasmi, odamga uni qabul qilish qulay bo‘ladimi, balki uni ikkiga bo‘lish yoki sashe shaklida chiqarish yaxshiroqdir, deb o‘ylaysan. Ba’zida bitta formula ustida bir necha oy ishlaymiz.
XOS Corporation
Juda kuchli bog‘liq. Kerakli sifatdagi baliq kollageni, maral shoxlari, o‘simlik ekstraktlari O‘zbekistonda yo ishlab chiqarilmaydi, yo ularni olish uchun zarur uskunalar mavjud emas. Xomashyoga tejab qolmaymiz. Kurkuminni bir tonnasi uchun 180 dollarga ham, 1300 dollarga ham sotib olish mumkin, sotuvchi esa tarkibi bir xil ekanini ta’kidlaydi. Ammo sof mantiq nuqtayi nazaridan narxdagi bunday katta farq turli sifatdagi mahsulot olinishini anglatishi tushunarli.
Hatto qadoqni mamlakat ichida xarid qilish ham qimmatroq. Xitoyda GMP sertifikatiga ega kichik bankani taxminan 830 so‘mga sotib olishim mumkin, O‘zbekistonda esa xuddi shunday bankacha 1150–1300 so‘mdan turadi. Yetkazib berish xarajatlarini ham hisobga olganda, baribir foydaliroq chiqadi. Ba’zan qutilarni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda buyurtma qilish arzonroq. Shu bilan birga, ikki yil ichida valyuta kursi va logistika xarajatlari oshdi, biz esa narxlarni ko‘tarmadik va hozircha farqni o‘z marjamiz hisobidan qoplayapmiz.
XOS Corporation
O‘zbekistondagi xaridor uchun ular hozircha kamdan-kam hollarda hal qiluvchi omilga aylanadi, ko‘proq narxga qarashadi. Ammo biznes uchun bu boshqa bozorlarga chiqish uchun ruxsatnoma hisoblanadi. Bizda ISO 9001, ISO 22000 va FSSC 22000 sertifikatlari mavjud. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha FSSC 22000 sertifikatini olganimizni e’lon qilganimizda, AQShdan hamkorlar biz bilan bog‘landi. Hozir Amerika bozori uchun mahsulot ishlab chiqaryapmiz va yaqin vaqt ichida Yaponiya uchun ham ishlab chiqarishni boshlaymiz.
2025-yil sentyabr oyida 47 ta mahsulotimiz World Halal Trust tomonidan halol sertifikatidan o‘tdi — bu eng qat’iy talablardan biriga ega Malayziya tashkiloti. Guruhning biznesi mavjud bo‘lgan BAAda halol sertifikatisiz ishlashning imkoni yo‘q.
XOS Corporation
Bizda yaxshi formulaga ega sochlar uchun mahsulot bor, biroq dorixonalarda u deyarli sotilmaydi. Uni go‘zallik salonlari orqali targ‘ib qilish kerak, biz esa buning uchun jamoa yig‘moqdamiz. Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotni trenajyor zallariga joylashtirdik, odamlar esa biologik faol qo‘shimchalar kurs tarzida qabul qilinishiga qaramay, uni bittadan kapsula qilib olishgan.
Bir mahsulotimiz ma’lum vaqt davomida savdolarda yetakchi bo‘ldi, biroq raqobatchilar paydo bo‘ldi va talab tushib ketdi. Biz uni ishlab chiqarishdan olib tashladik, yaroqlilik muddati tugashiga yaqin qolgan bir necha ming dona qadoqni utilizatsiya qildik. Yaroqlilik muddati bir oydan keyin tugaydigan mahsulotni odamlarga taklif qilish noto‘g‘ri.
Aksincha holat ham bo‘ladi. Mahsulotlardan biri bir yarim yil davomida deyarli sezilmay yurdi, keyin mutaxassislar va blogerlar uning tarkibiga e’tibor qaratishdi. Bugungi kunda u bizga katta marja keltirmoqda. маржу.
XOS Corporation
Menimcha, ishlab chiqarish ishning hatto yarmi emas, chorak qismidir. Ko‘pchilik biologik faol qo‘shimchadan darhol natija kutadi, holbuki u dori vositasi emas va uni yo‘riqnomaga muvofiq, kurs tarzida qabul qilish kerak.
Reklama qonun bilan cheklangan: xaridorlarning fikrlari va minnatdorchiliklarini ishlatish mumkin emas. Bu nima uchun qilinganini tushunaman, bozorda insofsiz o‘yinchilar yetarli. Ammo aynan shu talablar sabab biz bir necha bor reklama kampaniyalaridan voz kechishga yoki ularni qayta ishlashga majbur bo‘ldik.
Yana bir qiyinchilik ishonch bilan bog‘liq. Ko‘pchilik vitaminlarni xorijiy platformalardan buyurtma qilishga odatlangan, yirik import brendlari esa bozorga katta budjetlar bilan kirib keladi. Taniqlilik borasida biz ulardan obyektiv ravishda ortda qolamiz. Hatto markirovka ham bizga qarshi ishlashi mumkin. Biz talabga muvofiq komponentlar miqdorini bitta kapsula uchun ko‘rsatamiz, ko‘plab import ishlab chiqaruvchilar esa butun bankacha uchun ko‘rsatadi. Xaridor raqamlarni taqqoslab, noto‘g‘ri xulosa chiqaradi.
XOS Corporation
Zavod va xaridor o‘rtasida yirik distribyutor, kichik distribyutor va dorixona turadi. Har biri o‘z ustamasini qo‘shadi, bundan tashqari, har bir bosqichda soliqlar mavjud va natijada mahsulot rastada ishlab chiqarish tannarxidan sezilarli darajada qimmatroq bo‘lib qoladi. Mening vazifam vositachilarga bog‘liqlikni kamaytirish. Bu bir yil ichida hal bo‘ladigan masala emas, biroq shu orqali xarajatlarni qisqartirib, odamlarga adolatli narx taklif qila olamiz.
Hozir biz dorixonalar, tibbiyot markazlari va distribyutorlar orqali sotamiz, o‘zimizning Telegram do‘konimiz ham bor, u yerda xaridorlarga biz o‘qitgan neyron tarmoq maslahat beradi. So‘nggi ikki yil ichida esa marketpleyslar tomon burilish yuz berdi. Men kompaniyaga kelganimda bu yo‘nalish bilan faqat o‘zim shug‘ullanardim, hozir esa bo‘limda besh kishi ishlaydi. Biz ro‘yxatdan o‘tgan ilk marketpleyslarrdan biri Wildberries bo‘ldi.
XOS Corporation
Biz 2025-yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tdik, biroq dastlabki savdolar faqat avgust oxirida boshlandi. Bojxona ittifoqi mamlakatlarida biologik faol qo‘shimchalarni sotish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (SGR) kerak, bizda esa u yo‘q edi. Biz mahsulotning kelib chiqishi haqidagi hujjatlar, ishlab chiqarishga ruxsatnomalarni yubordik va Wildberries jamoasi bizni juda qo‘llab-quvvatladi. Natijada O‘zbekistonda savdoni boshlashga muvaffaq bo‘ldik.
SGR olish — alohida vazifa bo‘lib, u taxminan olti oy vaqt oladi va sezilarli miqdorda mablag‘ talab qiladi. Qadoqni ham o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi: marketpleys uchun qutida katta hajmdagi “BFQ” belgisi bo‘lishi kerak. Shuningdek, toifamizda raqobatchilarning narxlari bir-biriga yaqin ekanini va ko‘proq reyting, sharhlar hamda mahsulot kartochkasining dizayni hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini tushundik.
XOS Corporation
Avvalo — geografiyani. Mahsulotlarimizga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va hatto Armanistondan buyurtma berishadi. Eng ko‘p buyurtmalar Moskvadan keladi, biroq Xabarovsk, Kaliningrad va Minsk ham bor. Hajm jihatidan bu hozircha O‘zbekistondagi aylanmamiz bilan taqqoslanmaydi. Ammo men har bir qadoqdan faxrlanaman, chunki bu boshqa mamlakatdagi rastada turgan o‘zbekistonlik brend.
Ikkinchisi — ma’lumotlar. Xaridorlarning so‘rovlarini tahlil qilib, magniy sitrati Rossiya va Belarus bozorlarida qanchalik mashhur ekanini ko‘rdik. Tayyor mahsulotlardan birini ro‘yxatdan o‘tkazishdan voz kechdik, formulasini takomillashtirdik, melissa va boshqa komponentlarni qo‘shdik — shu tariqa “Magnezit” paydo bo‘ldi. Uni aynan Bojxona ittifoqi va Wildberries uchun ro‘yxatdan o‘tkazyapmiz.
Uchinchisi — qo‘llab-quvvatlash. Wildberries’da o‘quv dasturlari, vebinarlar, yaxshi bilimlar bazasi mavjud, platforma menejerlari esa savodli va o‘z vaqtida ishlaydi. Ular haqiqatan ham manfaatlaringni himoya qilayotgandek taassurot uyg‘otadi va bunga sodiqlik bilan javob berishni xohlaysan. Biz uchun Wildberries — O‘zbekiston chegaralaridan tashqariga chiqish platformasi va brendni tanitish vositasi. Men u yerda targ‘ibotga mablag‘ kiritishga tayyorman va bundan tez foyda kutmayapman.
“Besh yil ichida taniqli xalqaro brendga aylanishimizga ishonchim komil emas — bu uzoq jarayon. Ammo O‘zbekiston kompaniyasi bir nechta xorijiy bozorlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini xohlayman. Ustuvor yo‘nalishlar — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va BAA bo‘lib, u yerlarda biz allaqachon mahsulotlarimizni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlaganmiz”.
Diyas Mutalov, XOS Corporation strategiya bo‘limi rahbari.
XOS Corporation mahsulotlarini Wildberries’dagi brendning rasmiy do‘konidan xarid qilish mumkin.
Materialda taqdim etilgan mahsulotlar biologik faol qo‘shimchalar bo‘lib, dori vositalari hisoblanmaydi. Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Reklama huquqlari asosida.