6−8-oktyabr kunlari Toshkentda qurilish, sanoat va kommunal infratuzilma uchun mo‘ljallangan muhandislik tizimlari va texnologiyalariga bag‘ishlangan 14-xalqaro Aquatherm Tashkent 2026 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada isitish, shamollatish, havoni tozalash va sovutish, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda qayta tiklanuvchi energetika uchun uskunalar va yechimlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.