Biznes-ombudsman 2026-yil yanvar-avgust oylarida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha ma‘lumotlarni e‘lon qildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlar soniga nisbatan eng ko‘p tekshiruv Namangan shahrida o‘tkazilgan — 5 565 ta tadbirkorga 2 703 ta tekshiruv to‘g‘ri kelgan (48,57%).
Keyingi o‘rinlarda Shirin shahri — 384 ta tadbirkorga 160 ta tekshiruv (41,67%), Yangiyer shahri — 1 368 ta tadbirkorga 570 ta (41,67%), Taxiatosh tumani — 920 ta tadbirkorga 380 ta (41,30%) va Taxtako‘pir tumani — 667 ta tadbirkorga 274 ta tekshiruv (41,08%) qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkich Yangi Namangan tumanida kuzatilgan — 2 872 ta tadbirkorga 35 ta tekshiruv to‘g‘ri kelgan (1,22%).
Shuningdek, Davlatobod tumanida 3 150 ta tadbirkorga 82 ta (2,60%), G‘ozg‘on shahrida 519 ta tadbirkorga 29 ta (5,59%), Nishon tumanida 5 246 ta tadbirkorga 364 ta (6,94%), Mirishkor tumanida esa 4 710 ta tadbirkorga 344 ta tekshiruv (7,30%) to‘g‘ri kelgan.
Avgust oyida prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida O‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e‘lon qilinishi taʼkidlangandi.
Spot avvalroq Qoraqalpog‘istonda tadbirkorga asossiz yuklatilgan soliq bekor qilingani haqida yozgandi.
