16 may 2026, 14:21 Tadbirkorlik
Tadbirkorlar elektr uzilishlari uchun tarmoq korxonalarini javobgarlikka tortishni so‘ramoqda
Biznes ogohlantirishsiz elektr o‘chirilishi ishlab chiqarish jarayoni, eksport hajmi va ish o‘rinlariga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini bildirdi.
16 may 2026, 13:05 Tadbirkorlik
Biznes elektr uchun oldindan to‘liq to‘lash amaliyotini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
Ishlab chiqaruvchi korxonalarni faqat amalda isteʼmol qilingan elektr bo‘yicha hisob-kitob qilish tizimiga o‘tkazish mumkinligi aytildi.
13 may 2026, 21:00 Tadbirkorlik
Tadbirkorlar ishga qancha vaqt sarflaydi?
Spot bu haqida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Murodilla Alimbayev haftasiga bir kunini oilasiga bag‘ishlasa, Alina Isayeva ish sabab hayotdan uzilib qolgan davrlarini esladi. Ramziddin Azizov til o‘rganishga vaqt ajratadi, Navbahor Boudot esa kuniga 3 soat ishlaydi.
13 may 2026, 19:44 Tadbirkorlik
Toshkentdagi Aviasozlar bozori hududidagi betartib savdo nuqtalari olib tashlanmoqda
Yashnobod tumani hokimligi tadbirkorlarni maxsus ajratilgan rastalarga joylashtirish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
13 may 2026, 10:49 Tadbirkorlik
Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi
Qo‘mita yangi choralarni savdo sohasida tushumni yashirish holatlari aniqlangani bilan izohladi.
10 may 2026, 14:07 Tadbirkorlik
Hafta yakuni: markirovka va peshlavhalarga yengilliklar hamda Toshkentda dizayn-kod uchun o‘tish davri
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
6 may 2026, 16:35 Tadbirkorlik
Endi soliq qarzdorligi bo‘yicha penya miqdori asosiy qarzdan oshirilmaydi
Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Timur Ismailovning aytishicha, bu o‘zgarish tadbirkorlar uchun moliyaviy yukni kamaytirishga qaratilgan.
5 may 2026, 17:30 Tadbirkorlik
Endi biznes peshlavhalari reklama sifatida baholanmaydi hamda ruxsatnomalar bekor qilinadi
Shuningdek, reklama va axborot belgilarini joylashtirish bo‘yicha talablarni bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
5 may 2026, 16:10 Tadbirkorlik
Biznes-ombudsman markirovka qoidabuzarliklari uchun jarimani qat’iy summada belgilashni taklif qildi
Tadbirkorlar vakili sof tushumning 2%i va 20%i miqdoridagi jarimalar o‘rniga qat’iy belgilangan summa joriy etish va jazoni faqat tegishli faoliyatga qo‘llash takliflari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
4 may 2026, 22:00 Tadbirkorlik
Farruh va Konsta: musofirlikdagi tanishuvdan oyiga 700 mln aylanmalik manti biznesigacha
Spot bu safar hammuassislar bilan biznesning yaratilish tarixi, yo‘l qo‘yilgan xatolar va milliy taomlar bozoridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar haqida suhbatlashdi.
4 may 2026, 18:44 Tadbirkorlik
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti oldidagi avtoturargohlarni 3 yilga ijaraga beradi
Ijarachi obyektlarni raqamlashtirishni ta‘minlashi va avtoturargoh kartalari tizimini joriy etishi shart.
3 may 2026, 14:05 Tadbirkorlik
Hafta yakuni: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, balkonda kir va gilam osishga taqiq hamda Toshkentdan Xivaga tezyurar poyezd qatnovi
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
1 may 2026, 18:11 Tadbirkorlik
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Olis hududlarda yangi klinikalar ochish uchun $200 mlnlik imtiyozli kredit beriladi. Shuningdek, Health Invest kompaniyasi tashkil etiladi.
30 aprel 2026, 18:52 Tadbirkorlik
Ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi
Shuningdek, noqonuniy qazish, ifloslantirish va chiqindilarni yoqish uchun moliyaviy choralar keskinlashtiriladi.
29 aprel 2026, 12:45 Tadbirkorlik
“Ikki oyda 100 mln so‘m”: tadbirkor Toshkentdagi peshlavhalar buzilishi sabab daromad yo‘qotayotganini ma‘lum qildi
Dodo Pizza ta‘sischisi dizayn-kodga moslashish uchun “o‘tish davri"ni joriy etishni hamda yirik brendlarning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olishni taklif qildi.
27 aprel 2026, 12:23 Tadbirkorlik
Tadbirkorlar peshlavhalari va tashqi yozuvlariga qanday talablar joriy etish taklif qilinmoqda?
Peshlavha dizayn-kodga mos kelishi hamda u joylashgan bino fasadining 5% idan ko‘p bo‘lmagan qismini egallashi kerak.
25 aprel 2026, 13:39 Tadbirkorlik
Biznes-ombudsman Toshkent dizayn-kodi qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
O‘rganishlar natijasida qarorda reklama vositalari ranglari, brend huquqlari va yangi talablarga moslashish muddatiga oid qator e‘tirozlar aniqlangan.
24 aprel 2026, 20:15 Tadbirkorlik
“Siz Shimoliy Koreyaga aylantirmoqchisiz” — Giotto asoschisi Toshkentning dizayn-kodi haqida
Kemal Kayaning aytishicha, muassasalardan birining rangi uch marta o‘zgartirilgan. “Oxirida hech kimga yoqmadi — hatto hokimiyat xodimlariga ham”, — dedi u.
24 aprel 2026, 19:45 Tadbirkorlik
Yangi investitsiya loyihalarini tanlash uchun sun‘iy intellekt asosida platforma ishga tushiriladi
Prezident 210 ta korxonani to‘liq quvvatga olib chiqish hamda importchilar bilan mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazishni topshirdi.
24 aprel 2026, 16:33 Tadbirkorlik
Banklarda kredit risklarini baholovchi Sun‘iy intellekt maslahatchisi platformasi ishga tushiriladi
Prezident ayrim tumanlarda 1 mlrd so‘m kredit atigi 3 ta ish o‘rni yaratayotganini tanqid qildi. Agar kreditlar samarali loyihalarga yo‘naltirganida qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilar edi.