“Bu yirik miqdordagi valyutaning tashqariga chiqib ketishiga olib keladi” — Ekspertlar sirtqi ta’lim tugatilishi haqida
Spot soha mutaxassislari bilan sirtqi ta’lim shaklidan nima sababdan voz kechilgani hamda bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi borasida suhbatlashib, ularning fikrlarini o‘rgandi.
Uzum Market vs Yandex: qanday qilib reklama brendlar jangiga sabab bo‘ldi?
Spot PR-mutaxassislari va huquqshunoslarga murojaat qilib, reklamada raqobatchilarga ishora qilish qanchalik to‘g‘riligi va brendlar bunday vaziyatda qanday oqilona javob berishi kerakligini muhokama qildi.
Muvaffaqiyatsizlik qiymati: Roman Sayfulinning ekspatlar bilan mojarolari, Emin Agalarov bilan biznes, yopilish va The WKND Bar atrofidagi janjallar haqida
Bu safar The Choyxona va The BANI Telman loyihalari asoschisi va rahbari, ilgari Makro bosh direktori va The Tower rahbari bo‘lgan Roman Sayfulin o‘z muvaffaqiyatsizliklari va umidsizliklari haqida ochiqchasiga so‘zlab beradi.
O‘zbekistonga aslida qanday “milliy sun’iy intellekt modeli” kerak? Mulohaza
Huquqshunos va texnologik siyosat bo‘yicha ekspert Ammar Yunus Spotga nima uchun O‘zbekistonga o‘z sun’iy intellekt modeli kerakligi va nimaga global tendensiyalardan nusxa ko‘chirmaslik muhimligi haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- “Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart” — prezident.
Buning uchun QQSning yarmini keshbek ko‘rinishida qaytarish tartibi tasdiqlandi. Mirziyoyev mutasaddilarni to‘lovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi. - Do‘stlik metro bekatidan Yangi Toshkent shahriga yer usti va yer osti metro yo‘li quriladi.
Yo‘nalish uzunligi 21 km bo‘lib, to‘qqizta bekatdan iborat bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishga Rossiya va Turkiya kompaniyalari jalb etilgan. - iPhone 16'ni muddatli to‘lovga xarid qilganda qo‘shimcha to‘lov qanchaga tushadi? Tahlil.
Markaziy bank o‘rganishlariga ko‘ra, nasiyaga sotib olingan telefon uchun qo‘shimcha ustama 44,3% gachani, bank foiz stavkasida esa qariyb 74% ni tashkil etadi. - Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha qurilishining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Qurilish ishlari 8 oy davom etdi. Uchinchi bosqich ham rejalashtirilgan bo‘lib, u Shahrisabz va Fidokor ko‘chalari kesishmasidan boshlanadigan qismni o‘z ichiga oladi. - Smart Bank o‘z nomini Open Bankka o‘zgartiradi.
Raqamli bank aksiyalarining 85% dan ortig‘i Future Open Technology Group kompaniyasiga tegishli. Moliya institutiga ikki yarim yil oldin litsenziya berilgan. - Toshkent-Sharqiy aeroporti yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi — Uzbekistan Airways raisi.
Shuhrat Xudoyqulovning ta’kidlashicha, barcha charter reyslarni yangi havo bandardohiga ko‘chirish rejalashtirilgan. - O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirlarini oldindan tayyorlaydi — Putin.
Rossiya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi atom energetikasi sohasidagi loyihalar yaxshi rivojlanish bosqichida ekanligini ta’kidladi. - O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berishni muhokama qilmoqda — Energetika vazirligi.
Mintaqa davlatlari ortiqcha energiyani Xitoyga eksport qilishi, qishda esa gaz taqchilligini import hisobiga qoplashi mumkin bo‘ladi. - O‘zatom va Rosatom O‘zbekistonda yirik AES qurilishini o‘rganish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Rosatom rahbari Aleksey Lixachev mamlakatda kichik AESning dunyodagi birinchi eksport mahsuloti amalga oshirilishini ma’lum qildi. - Dollar kursi 12 500 so‘mdan pasaydi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 62 so‘m 32 tiyinga pasayib, 12 496,94 so‘mni tashkil etdi.