Bugun, 10:04 Transport
Yo‘llarda mobil radarlar borligi maxsus belgi bilan ogohlantirilmasligi mumkin
Hukumat mobil radarlarni maxsus belgilar bilan ko‘rsatish talabini bekor qildi. Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga tegishli.
31 oktabr 2026, 23:29 Transport
1-noyabrdan Toshkentdagi avtobus yo‘laklarida noqonuniy avtomobil harakatiga qarshi reydlar kuchaytiriladi
Shuningdek, avtobuslarga qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etuvchi videokameralar o‘rnatilib, ular YHXB bazasiga integratsiya qilinadi.
31 oktabr 2026, 22:44 Transport
Toshkent metrosidagi poyezdlarning 80%i 2027-yil sentabrgacha besh vagonli qilinadi
Toshkent shahar Kengashi qarori bilan to‘rtta metro yo‘nalishida 20-noyabrgacha besh vagonli tarkiblarni shakllantirish topshirilgan. Biroq metropoliten besh vagonli poyezdlar ushbu sanadan qatnay boshlashi haqidagi xabarni rad etdi.
31 oktabr 2026, 16:04 Transport
Toshkent aholisining 85,4%i tig‘iz vaqtlarda jamoat transportida tiqilinchga duch kelmoqda
Shu bilan birga, yo‘lovchilar avtobus va metro intervallarining uzunligi hamda qatnov jadvaliga rioya qilinmasligini asosiy muammolar sifatida qayd etgan.
31 oktabr 2026, 13:50 Transport
Toshkent aeroportida yo‘lovchi oqimi 16% ga o‘sdi, Navoiy va Qarshida esa kamaydi
O‘zbekiston aeroportlari 9 oyda 12,6 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, 102,8 mingta aviareysni amalga oshirdi. Yuk va pochtani qayta ishlash hajmi esa 27% ga oshdi.
31 oktabr 2026, 12:27 Transport
Endi chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida chiziqni bosgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi
1-noyabrdan chorrahagacha 50 metr va qayrilib olish joyigacha 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yo‘l chiziqlarini bosib o‘tganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
30 oktabr 2026, 13:51 Transport
Xususiy radarlar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham qayd etishi mumkin bo‘ladi
Buning uchun fotosuratlar yuqori sifatli bo‘lib, ularda haydovchining yuzi va xavfsizlik kamarini taqqan yoki taqmagani aniq aks etishi shart.
29 oktabr 2026, 17:35 Transport
Pegasus Airlines O‘zbekistondagi yana ikki shaharga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Loukoster joriy yilning dekabridan boshlab Istanbuldan Andijon va Buxoroga, 2027-yilning mart oyidan esa Termizga parvozlarni boshlaydi.
29 oktabr 2026, 15:40 Transport
Toshkent mahallalarida avtoturargohlar hovlidan tashqariga chiqariladi
15 daqiqalik qulay muhit loyihasi doirasida bo‘shagan hududlarda bolalar maydonchalari, sayr yo‘laklari va dam olish maskanlari tashkil etiladi.
29 oktabr 2026, 13:58 Transport
Avtovokzal va temir yo‘l vokzallarini 3 yilgacha soliqlardan ozod qilish taklif qilinmoqda
Shuningdek, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish va avtovokzallarda do‘kon, mehmonxona hamda quvvatlash shoxobchalarini ochishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.
29 oktabr 2026, 13:52 Transport
O‘zbekistonda yagona transport platformasi ishga tushirilishi mumkin
2027−2029-yillarda ayrim poyezd va avtobuslarda elektron chiptalarga kamida 20% chegirma, 2030-yildan esa faqat naqdsiz to‘lov joriy etilishi taklif qilinmoqda.
29 oktabr 2026, 10:43 Transport
Uklon taksi xizmati O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topildi
Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
28 oktabr 2026, 20:17 Transport
Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi O‘zbekistondagi uchta shaharga parvozlarni boshlaydi
Loukoster aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro, Andijon va Termizga reyslarni yo‘lga qo‘yadi, chiptalar $99 dan boshlanadi.
28 oktabr 2026, 17:08 Transport
AQSH 3-noyabrdan barcha aviayo‘lovchilar uchun majburiy deklaratsiya joriy etadi
Qo‘shma shtatlarga kelayotgan yo‘lovchilar parvozdan oldingi 21 kun ichida Kongo Demokratik Respublikasida bo‘lmaganini tasdiqlashi kerak.
26 oktabr 2026, 16:49 Transport
Toshkentda poyezd va metroni bog‘lovchi Choshtepa bekati ishga tushirildi
23-oktabrdan shaharlararo elektropoyezd yo‘lovchilari ushbu bekat orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri metroga o‘tishlari mumkin.
26 oktabr 2026, 15:52 Transport
27-oktabrdan Urganch — Xiva yo‘nalishida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Natijada qatnov intervali 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.
24 oktabr 2026, 16:29 Transport
Toshkentda Shahrisabz ko‘chasidagi BRT avtobus yo‘lagi yana 1 km ga uzaytirildi
Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalaridagi uzluksiz ajratilgan avtobus yo‘lagining umumiy uzunligi qariyb 8 km ga yetdi.
22 oktabr 2026, 15:59 Transport
Qashqadaryoda A-380 yo‘lining 100 km qismi $350 mln ga rekonstruksiya qilinadi
Shuningdek, Qarshi aylanma yo‘li 5,5 km ga uzaytiriladi va temir yo‘l kesishmalarida ikkita yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi.
21 oktabr 2026, 19:50 Transport
Toshkent va Andijon o‘rtasida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
U poytaxtdan kechki vaqt, Andijondan esa ertasi kuni ertalab jo‘naydi. Dushanba kunlari kunduzgi poyezd qatnovi bekor qilinadi.
21 oktabr 2026, 16:06 Transport
Qarshida Nasaf brendi ostida traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi zavod ochildi
Qiymati $20 mln bo‘lgan va to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga moliyalashtirilgan loyiha doirasida yiliga $50 mlnlik eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.