25-oktabr kuni Urganch shahrida Xorazm trolleybus saroyi davlat muassasasining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

27-oktabrdan boshlab korxona tomonidan Urganch — Xiva yo‘nalishida yangi trolleybuslarning ilk qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi harakat tarkiblari Urganch xalqaro aeroporti, Urganch temir yo‘l vokzali hamda Xiva temir yo‘l vokzalini o‘zaro bog‘lovchi yo‘nalishga biriktiriladi. Qatnovlarni brutto tizimi orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangi qatnov natijasida Urganch — Xiva — Urganch yo‘nalishida trolleybuslarning qatnov intervali 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.

Avvalroq Spot Urganch aeroporti va Xivani bog‘lovchi yangi temir yo‘li ishga tushirilgani haqida xabar bergandi.