Toshkent shahar hokimligi poytaxtda havo haroratining pasayishi fonida isitish mavsumi qachon ishga tushirilishi yuzasidan ma’lumot berdi.
Amaldagi belgilangan tartibga ko‘ra, markazlashgan isitish tizimini yoqish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 °C dan past bo‘lishi talab etiladi. Shu bilan birga, mutasaddilar o‘tgan yillardagi kabi haqiqiy ob-havo sharoitlari inobatga olinishini, agar havo keskin sovib ketsa, issiqlik uzatishni boshlash to‘g‘risidagi qaror kechiktirilmasligini ta’kidlamoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda hokimlik, shahar xizmatlari hamda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida tizimlarni isitish mavsumiga tayyorlash ishlari nazorat ostida olib borilmoqda.
Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanishining aniq sanasi to‘g‘risida qo‘shimcha xabar berilishi ma’lum qilingan.
2025-yil poytaxtda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlangan edi. Bunda ushbu sanadan boshlab ijtimoiy obyektlarda, 5-noyabrdan boshlab esa turar joylarda markazlashgan issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yilgandi.
Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Buning ortidan Spot narxlar oshishi poytaxt aholisining oylik xarajatlariga qanday ta’sir qilishi hamda ularning issiqlik xizmatlarining sifati borasidagi fikr-mulohazalarini o‘rgangan.