2026-yil 1-noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin. Bu Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Veolia Energy Tashkent uchun ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, markaziy isitish tarifi kuniga 1 kvadrat metr uchun 241,44 so‘mdan 314 so‘mga, hisoblagich mavjud bo‘lganda issiq suv narxi esa 1 kub metr uchun 8 928,67 so‘mdan 11 607 so‘mga oshishi mumkin. Har ikki tarif qariyb 30% ga ko‘tariladi.

Aholi uchun issiqlik energiyasi tarifi QQS bilan 1 Gkal uchun 156 643 so‘mdan 203 636 so‘mga (+30%) oshirilishi taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, hisoblagichsiz issiq suv uchun to‘lov bir kishi uchun oyiga 52 303,39 so‘mdan 45 330 so‘mga, umumiy dushli yotoqxonalarda yashovchilar uchun esa 38 908,16 so‘mdan 33 720 so‘mga kamayishi mumkin.

Toshkentda isitish tariflari oxirgi marta 2025-yil noyabrda oshirilgan. O‘shanda aholi uchun issiqlik energiyasi narxi 15% ga — 1 Gkal uchun 139 860 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Tariflarni oshirish taklifini Veolia Energy Tashkent bildirgan, qarorni esa 2025-yil 27-oktabrda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tasdiqlagan.