Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

28−29-noyabr — shanba va yakshanba kunlari jami 24 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi.

Ularning ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatda quyidagi banklar mavjud:

  1. Agrobank;
  2. Anorbank;
  3. APEX BANK;
  4. Asakabank;
  5. Asia Alliance Bank;
  6. Biznesni rivojlantirish banki;
  7. Garant bank;
  8. Hamkorbank;
  9. Hayot bank;
  10. InfinBank;
  11. Ipoteka-bank;
  12. Ipak Yuli Bank;
  13. Kapitalbank;
  14. Mikrokreditbank;
  15. Orient Finance Bank;
  16. Poytaxt bank;
  17. Saderat bank;
  18. Trastbank;
  19. Tenge bank;
  20. Turonbank;
  21. Universalbank;
  22. Xalq banki;
  23. O‘zmilliybank;
  24. O‘zsanoatqurilishbank.

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Avvalroq Spot Markaziy bank 2027-yil uchun tizimli ahamiyatga ega 7 ta bankni belgilagani haqida yozgan edi.