Toshkent Gullari floristika maktabi asoschisi Muborak Muxrimova tavsiya qilgan 6 kitob

Tadbirkor Spot’ga florist-dizayner va rahbar sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida floristikaga oid adabiyotlar, milliy san’at albomi va shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan asarlar bor.

hafta yakuni, yangiliklar


Prezident o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi

Hujjat olti oy o‘tib kuchga kiradi, amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar esa o‘z kuchida qoladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Turkiyada magistraturada to‘liq grant asosida tahsil olayotgan Mehrinoza Farmonova hikoyasi

Mehrinoza Farmonova Spot’ga Turkiya burslari orqali magistraturaga qabul qilinish jarayoni, Konyadagi talabalik muhiti, xorijdagi mustaqil hayotga moslashish va kelajakdagi ilmiy rejalari haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


VEON Perfectum mobil operatorini $207 mln ga sotib oladi

Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistondagi Rubicon Wireless mobil operatorining 100% ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitimni oktabr oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank
    Regulyator ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasm haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va rasmiy sahifalarni kuzatib borishni so‘radi.
  2. Toshkentda noqonuniy qurilish natijasida qabriston devori qulab, qabr toshlari shikastlandi
    Botkin qabristoni yonidagi sobiq shampan zavodi hududida qoidabuzarliklar bilan olib borilgan qurilish to‘xtatildi. Tadbirkorga 88 mln so‘m jarima solindi.
  3. “O‘g‘irlash qurboni o‘zimman”: Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov ayblovlarni rad etdi
    Tadbirkor Interpolning qizil bildirishnomasi asosida o‘zining xalqaro qidiruvga berilganini bema’nilik deb atadi.
  4. Toshkent va unga tutash hududlardagi issiqxonalar uchun maxsus ekologik tartib joriy etiladi
    Qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan issiqxonalar 1-dekabrgacha isitish tizimini o‘zgartirishi kerak. Talablar bajarilmasa, ular elektr, gaz va suv ta’minotidan uziladi.
  5. O‘zbekiston yil boshidan buyon elektr energiyasi eksportini oshirib, importini qisqartirdi
    To‘qqiz oyda eksport 3,4 mlrd kVt/soatga yoki 21,4% ga oshdi, import esa 1,9 mlrd kVt/soatgacha kamaydi.
  6. Kelajakda an’anaviy pullar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin — Ilon Mask
    Maskka ko‘ra, sun’iy intellekt va robotlar barcha vazifalarni insondan yaxshiroq bajarsa, an’anaviy pulning hozirgi ahamiyati yo‘qolishi ehtimoli bor.
  7. O‘zbekistonda pensiya tayinlash xizmatlari ixchamlashtiriladi
    2027-yildan Pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlarida yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Yil oxirigacha to‘rtta viloyatning ayrim hududlarida tizim sinovdan o‘tkaziladi.
  8. “Svet o‘chmaydi emas, o‘chadi” — Hududiy elektr tarmoqlari raisi rejali uzilishlar haqida
    Kompaniya iste’molchilarni rejali elektr uzilishlari haqida oldindan ogohlantirish tizimini joriy etadi. U orqali aholiga uzilishlar haqida bir-ikki kun oldin xabar yuboriladi.
  9. O‘zbekistonda Google Pay ishga tushirilmoqda
    Bu haqda Samarqandda o‘tkazilayotgan C5+1 formatidagi tadbirlar doirasidagi panel sessiyasida Google Cloud vakili Marsin Krasuski ma’lum qildi.
  10. Toshkentda dizayn-kodni joriy etish bo‘yicha aholi va biznes fikri o‘rganilmoqda
    Hokimlik so‘rovnoma natijalari va bildirilgan takliflar inobatga olinishini ma’lum qildi.