School 21 Toshkent kampusi ikkinchi tug‘ilgan kunini nishonladi. Tantanali marosimda faoliyat yakunlari sarhisob qilindi, yangi bitiruvchilarga diplomlar topshirildi, yil ishtirokchilari va hamkorlari taqdirlandi. Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Sarvarbek Sadullayev ochib berdi.

Ochilganidan beri kampus sezilarli darajada o‘sdi. 2024-yilda ishtirokchilar uchun bitta taʼlim yo‘nalishi mavjud edi, saralash intensivi — “hovuz” esa yiliga olti marta o‘tkazilardi. Bugunga kelib School 21 da 15 ta raqamli yo‘nalish mavjud, yangi “hovuz”lar esa har uch haftada boshlanadi.

Shu vaqt ichida maktabga 125 mingdan ortiq ariza kelib tushdi, 13 mingdan ziyod kishi “hovuz”dan o‘tdi, hozirda esa 3000 dan ortiq ishtirokchi tahsil olmoqda. Ularning yarmidan ko‘pi dasturlash tajribasisiz kelgan. School 21 hamkorlik tarmog‘i 130 dan ortiq tashkilotgacha kengaydi.

Ikki yil davomida kampusda 36,5 ming nafar mehmon ishtirokida 500 dan ortiq tadbir tashkil etildi, 400 dan ortiq ishtirokchi amaliyotga chiqdi, Launch Lab 21 doirasida esa 46 ta startap rivojlantirilmoqda.

Ikki yil davomida ishtirokchilar qariyb 15 mln qator kod yozdi, 40 mingta kod-revyu o‘tkazdi va 1240 ta jamoaviy loyiha yaratdi. Bu jarayonda natijadan tashqari, unga erishish yo‘li ham muhim: School 21`da xatolar ta’limning tabiiy qismi hisoblanadi, ishtirokchilar yechimlarni qayta ko‘rib chiqadi, bir-birining kodini tekshiradi va natijaga erishguncha yana urinib ko‘radi.

“Ikki yil oldin biz bu kampusni endigina ochayotgan edik. Bugun esa School 21 — turli yosh, tajriba va hayot yo‘liga ega minglab insonlarni birlashtirgan katta hamjamiyat. Biz uchun eng muhim natija — raqamlar emas, balki shu yerda o‘z yo‘lini topayotgan insonlar: ular yangi kasbni egallamoqda, real loyihalar ustida ishlamoqda, amaliyotga chiqmoqda, o‘z startaplarini yaratmoqda. Eng muhimi, ular bugun O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratadigan mutaxassislarga aylanmoqda”, — dedi School 21 ijrochi direktori Zarina Luxmanova.

reklama, school 21

Taʼlim atrofida karyera, xalqaro va tadbirkorlik imkoniyatlaridan iborat ekotizim shakllandi. Career Hub ishtirokchilarga mehnat bozoriga chiqishda yordam beradi va allaqachon junior hamda middle darajadagi 200 dan ortiq nomzodni birlashtirgan. Global Hub xalqaro loyihalarni rivojlantirmoqda. Ular orasida FPT bilan Yaponiya IT-bozori uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma dastur ham mavjud. Freelance Hub ilk tijoriy tajribani orttirishga yordam beradi. Launch Lab 21 loyihalarining uchdan ikki qismi esa kamida MVP bosqichiga yetib bordi. UzCosmos bilan hamkorlikda yaratilgan “Mission Moon” loyihasi ilk investitsiyalarni jalb qildi.

Kunning markaziy voqeasi bitiruv marosimi bo‘ldi: 100 dan ortiq ishtirokchi School 21 diplomini qo‘lga kiritdi. Ularning har birining IT sari yo‘li turlicha kechgan.

Bitiruvchi Kamila Shayimova o‘z yo‘nalishini topishga qariyb yarim yil sarflaganini aytdi. U dasturlash, tarmoqlar va boshqa yo‘nalishlarni sinab ko‘rgan, hatto bir payt “IT men uchun emas” degan xulosaga ham kelgan.

“Kim bo‘lishni darhol bilishingiz shart emas. Hamma narsani birinchi urinishdayoq tushunib olishingiz ham shart emas. Ba’zan o‘z yo‘lingizni topish uchun sinab ko‘rish, xato qilish, yo‘nalishni o‘zgartirish va yana boshidan boshlash kerak. Eng muhimi — qiyinchiliklardan keyin ham o‘zingizga yana bir imkoniyat berish”, — deya fikri bilan o‘rtoqlashdi Kamila Shayimova.

reklama, school 21

Yana bir bitiruvchi Axmatjon Xaldarov uchun esa School 21 yangi kasb bilan birga eski orzusiga qaytish imkoniyatini ham berdi.

“Yaponiyaga safar menga yangi imkoniyatlarni ko‘rsatdi, School 21 esa o‘z yo‘limni topishimga va yangi kasb egallashimga yordam berdi. Bugun aynan shu kasb meni Yaponiyaga qaytish haqidagi orzuimga yanada yaqinlashtirmoqda”, — dedi Axmatjon Xaldarov.

U uchun School 21 Yaponiya haqidagi azaliy orzusi va yangi kasbiy yo‘li tutashgan nuqtaga aylandi. School 21`da o‘qiganidan so‘ng u boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda “IT-Navigator” loyihasini ishga tushirdi. Keyinroq esa FPT kompaniyasi bilan Yaponiya IT-bozori uchun IT-mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur saralovidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Hamkorlar va IT-multiolam

School 21 hamkorlari 17 ta nominatsiya bo‘yicha mukofotlandi. Raqamli texnologiyalar vazirligi yilning strategik hamkori deb topildi. Taqdirlangan tashkilotlar orasida:

  • FPT;
  • UNICEF Uzbekistan;
  • IT Park;
  • UzCosmos;
  • East Games;
  • Women in Tech Uzbekistan;
  • IT Community of Uzbekistan.

Rasmiy qism yakunlangach, kampus haqiqiy IT-multiolamga aylandi. Mehmonlar mini-CTF va kiberxavfsizlik bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdi, o‘yinlardagi xatolarni tuzatishdi, DevOps-kvestlarda kuchlarini sinab ko‘rishdi, robotlarni boshqarishdi va 11 ta startap jamoasining loyihalari bilan tanishishdi. Kampusning boshqa hududlarida esa VR-o‘yinlar, turnirlar, mahorat darslari va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ikki yil avval bitta yo‘nalish va yiliga oltita “hovuz” bilan boshlangan Toshkent kampusi bugun ta’lim, karyera, startaplar va xalqaro loyihalarni birlashtirgan katta texnologik hamjamiyatga aylandi. Bu hamjamiyatning markazida esa bir-biridan o‘rganadigan, xato qilishdan qo‘rqmaydigan, qayta urinadigan va IT olamida o‘z yo‘lini topayotgan insonlar turibdi.

reklama, school 21

School 21 haqida

School 21 — 17 yoshdan boshlab barcha uchun ochiq bepul raqamli texnologiyalar maktabi. Taʼlim amaliyot va peer-to-peer metodologiyasiga asoslanadi. Ishtirokchilar loyihalar ustida ishlaydi, o‘z taʼlim yo‘lini mustaqil belgilaydi va bir-biridan o‘rganadi. School 21`ning Toshkent va Samarqanddagi kampuslari kecha-kunduz ishlaydi. Ishtirokchilarga 15 ta raqamli yo‘nalish taklif etiladi. Kompaniyada amaliyot o‘tash esa asosiy dasturning majburiy qismi hisoblanadi.

IT sohasida o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar School 21 saralash “hovuz”ida ishtirok etishlari mumkin. Uni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar asosiy ta’lim bosqichiga qabul qilinadi. Asosiy o‘qish o‘rtacha 6 oydan 2 yilgacha davom etadi, muddat esa ishtirokchilarning o‘zlari tanlagan surʼatga bog‘liq.

Navbatdagi saralash “hovuz”lari sanalari:

  • Toshkent: 19-oktabr, arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi;
  • Samarqand: 19-oktabr, arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

O‘qishga ariza topshirish uchun havola.

Samarqand:

Telefon: (+998) 93−039−44−42.
Manzil: Ibn Sino ko‘chasi, 17a.

E-mail: samarkand@21-school.uz

Toshkent:

Telefon: (+998) 93−039−44−47.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 13.

E-mail: tashkent@21-school.uz

Reklama huquqlari asosida.