20-noyabr kuni Kanadaning Markaziy Osiyodagi elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (KIUT) tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Kanadaning katta savdo komissari Jud Pekora ham ishtirok etdi.

Universitet rektori, professor Akmal Allakuliyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va biznes sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

kiut, реклама

Xususan, Saint Mary’s University, Simon Fraser University va York University universitetlari bilan akademik aloqalarni rivojlantirish, Kanadadan professor-o‘qituvchilarni KIUT’dagi ta’lim va ilmiy jarayonlarga jalb etish, qo‘shma dasturlar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

kiut, реклама

Muzokaralarda iqlim o‘zgarishi, gender tengligi, barqaror rivojlanish, sun’iy intellekt va yashil energetika yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Kanadaning katta savdo komissari Jud Pekora’ga Kimyo Business School negizida O‘zbekiston va Kanada ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur tashabbus ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida tajriba almashish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan.

kiut, реклама

Uchrashuvda rektor Akmal Allakuliyev xalqaro ta’lim hamkorligi faqat universitetlar rivoji bilan cheklanib qolmasligi, balki mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga ham salmoqli hissa qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.

Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official
YouTube: @kimyointernationaluniversity

Reklama huquqlari asosida.