Kadastr agentligi 1 328 234 ta ko‘chmas mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, rad etishlar 2,1 baravar kamaygan. Avgustda 210 550 ta arizadan 48 774 tasi (23%) rad etilgan bo‘lsa, oktabrda 264 636 ta arizadan 28 750 tasi (11%) rad etildi.

Shuningdek, 885 671 ta ko‘chmas mulkning elektron kadastr pasporti tayyorlandi, 42,4 mln gektar yer uchastkasining UZKAD tizimida elektron xaritasi yaratildi. Arxivdagi 9,2 mln kadastr yig‘majildidan 8 087 712 tasi raqamlashtirildi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlarning 54 435 tasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish haqidagi O‘RQ-937-son qonun doirasida rasmiylashtirilgan.

Qonun doirasida 1 870 437 ta ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazildi, ulardan 1 814 650 tasi UZKAD tizimiga ko‘chirildi. 767 ta mahallada xatlov ishlari to‘liq yakunlandi. E’tirof axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan, ulardan 294 398 tasiga mulk va ijara huquqi to‘liq e’tirof etildi.

Yerelektron tizimiga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uchastkasi kiritildi, ularning 35 582 tasi auksionga chiqarildi. Ko‘p kvartirali uylar reyestrida 1226 ta ko‘p qavatli uydagi 83 450 ta kvartira raqamlashtirildi.

Shuningdek, 314 446 ta ko‘chmas mulk obyektiga manzil berildi yoki o‘zgartirildi, 3747 ta bino va inshoot ijara shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. 63 801 nafar fuqaroga shaxsiy uy-joyi bor-yo‘qligi haqida elektron ma’lumotnoma berildi.

Davlat xizmatlari markazlarida 206 ta “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etilgan. Ular orqali 91 032 ta murojaat joyida hal etilib, rad etilishining oldi olinga.

Avvalroq banklar balansidagi ko‘chmas mulk xaridorlariga soliq imtiyozlari berilishi haqida xabar berilgandi.