Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xo‘jaliklari uchun davlat ekologik ekspertizasi to‘lovi “9 mln so‘mdan 38 mln so‘mgacha oshirilgani” haqida video va xabarlar tarqaldi. Davlat ekologik ekspertiza markazii bunga izoh berdi.
Masala 16-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasining gul yetishtiruvchilar va issiqxonachilar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida ko‘tarilgan. Unda tadbirkorlardan biri qo‘mitadan 15 kun oldin bitta qozon va Xitoyda ishlab chiqarilgan filtr uchun hujjat olganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday qozon va filtr uchun avval 9 mln so‘m to‘langan bo‘lsa, endi 37,89 mln so‘m so‘ralmoqda.
Qo‘mitaning tushuntirishicha, tadbirkorlar qozonxona va filtrlarning laboratoriya tahlili natijalarini ekologik ekspertiza bilan adashtirib yuborgan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga ko‘ra, gaz, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ida isitiladigan issiqxonalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun 6,5 BHM to‘lanadi. To‘lov Yagona portal (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi. Buni muloqotda Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassisi Ahror Yo‘ldoshev ham aytgani ta’kidlagan.
“Xulosa qilib aytganda, issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazganlik uçun 38 mln so‘m emas, 2 mln 860 ming so‘m miqdorida to‘lov amalga oshiiriladi”, deyiladi xabarda.
Qozonlarga sertifikat berish, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental o‘lchovlar va atrof-muhitga ta’sirni baholash loyihalarini ishlab chiqish esa ekologik ekspertiza vakolatiga kirmaydi.
Qo‘mita vakilining aytishicha, muloqotdan keyin laboratoriya tahlillarini o‘tkazadigan sertifikatsiya boshqarmasi bilan kelishildi. Endi har bir tadbirkorning tahlil natijalari 1 mln so‘mdan oshmaydigan narxda tayyorlab beriladi.
Avvalroq xuddi shu muloqotda Toshkentdagi issiqxonachilardan biri issiqlik tarmog‘iga ulanish uchun o‘tgan yili 50 mln so‘m sarflagan, biroq bu mavsumda issiq suv ololmayotgani haqida xabar berilgandi.