«energetika» tegli maqolalar
Kecha, 17:08 Biznes
“Elektr energiyasidagi uzilishlar odatiy me’yorga aylanyapti” — biznes elektr ta’minoti sifati haqida
Spot tadbirkorlar bilan tariflar oshganidan keyin elektr energiyasini yetkazib berish qanday o‘zgargani va uning uzluksizligini ta’minlash uchun biznes nimalarga tayyorligi borasida suhbatlashdi.
20 iyun 2025, 11:29 Energetika
Qozog‘istondagi elektr ta’minotidagi avariya natijasida O‘zbekistonda uzilishlar yuz berdi
Mamlakatdagi Ekibastuz energiya uzelida 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i noqulay ob-havo sababli favqulodda o‘chgan. Natijada Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida chastota tushishlari kuzatildi.
19 iyun 2025, 19:58 Energetika
O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berishni muhokama qilmoqda — Energetika vazirligi
Mintaqa davlatlari ortiqcha energiyani Xitoyga eksport qilishi, qishda esa gaz taqchilligini import hisobiga qoplashi mumkin bo‘ladi.
17 iyun 2025, 19:54 Energetika
Transport, energetika va texnologiya — prezident Markaziy Osiyo — Xitoy hamkorligi bo‘yicha qanday takliflarni bildirdi?
Raqamli Ipak yo‘li ko‘ptomonlama savdo platformasini, taraqqiyot jamg‘armasini ta’sis etish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda raqamli trassani qurish taklif qilindi.
16 iyun 2025, 10:18 Energetika
“Qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” — prezident suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi uzilishlar haqida
Oylik elektr energiyasi iste’moli 500 kVt/soatdan yuqori bo‘lgan budjet tashkilotlari xodimlariga yashil ta’mir krediti va subsidiya olishda ko‘maklashiladi.
11 iyun 2025, 17:19 Biznes
ACWA Power O‘zbekiston bilan $5 mlrdlik kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda
Kompaniyaning mamlakat bo‘yicha bosh direktori Soumendra Rout ACWA Power islomiy moliyalashtirish orqali O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
9 iyun 2025, 15:18 Iqtisodiyot
Strategik sheriklik, standartlashtirish va energetikani tartibga solish — O‘zbekiston va Slovakiya qanday kelishuvlarga erishdi?
Shavkat Mirziyoyev va Robert Fitso Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
2 iyun 2025, 19:09 Energetika
Elektr energiyasi tariflarining oshirilishi iste’mol hajmini 10% ga kamaytirdi
O‘tgan yili 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchilar soni 58% ni tashkil etdi.
14 aprel 2025, 10:36 Energetika
Yil boshidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yashil elektr energiya miqdori 2 mlrd kVt/soatga yetdi
Shundan 70% dan ortig‘i quyosh elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan hajm 2024-yil davomidagi ko‘rsatkichdan oshdi.
9 aprel 2025, 14:44 Biznes
Xitoy kompaniyasi Andijonda 9 ta kichik GES qurishni rejalashtirmoqda
Xinjiang Qianyuan Kunyu Construction Engineering kompaniyasi bilan investitsiya bitimi imzolandi.
7 aprel 2025, 14:59 Energetika
“Tez orada bizda ortiqcha „yashil“ energiya bo‘ladi” — Energetika vaziri o‘rinbosari Yevropaga elektr energiyasi eksporti haqida
Yevropa mamlakatlariga yashil energiya koridorini yaratish muammoni imkoniyatga aylantirish imkonini beradi, dedi Umid Mamadaminov.
7 aprel 2025, 09:52 Energetika
Fuqarolarga gaz va elektr uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?
Endilikda kompensatsiya bir yil davomida har oy berib boriladi.
6 aprel 2025, 15:33 Energetika
Elektr va gaz iste’moli ijtimoiy normadan oshgan ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi
Shuningdek, 2025/2026 yilgi sitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi.
4 aprel 2025, 13:11 Energetika
O‘zbekistonda 2026-yilgacha qariyb 3000 ta yangi mikro GESlar qurish rejalashtirilmoqda
Energetika vazirligi mikro GESlar qurish va ishga tushirish taklifini bildirganlarga 20 yil muddatga yer uchastkalarini ijaraga beradi.
2 aprel 2025, 13:03 Energetika
O‘zbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
Aholiga energiya auditini o‘tkazish, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish xarajatlari uchun 18,75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.
1 aprel 2025, 09:25 Energetika
1-apreldan tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor muddati tugadi
Gaz uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi.
24 mart 2025, 19:24 Energetika
O‘zbekistonga elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun 4 ta yirik AES kerak — O‘zatom rahbari
Azim Axmedxo‘jayevning fikricha, atom energetikasidan voz kechib bo‘lmaydi, chunki bu energetika xavfsizligi masalasidir.
24 mart 2025, 09:19 Energetika
“Biz grafikdan oldindamiz” — O‘zatom rahbari kichik AES qurilishi haqida
Bo‘lajak atom stansiyasining birinchi betoni 2026-yilning aprel-iyun oylarida quyilishi rejalashtirilgan.
15 mart 2025, 12:55 Energetika
Prezident O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yashil energiya eksporti to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
Ushbu kelishuv o‘tgan yilning noyabrida uchta mamlakat tomonidan imzolangandi.
13 mart 2025, 13:44 Biznes
Voltalia kompaniyasi Buxoroda gibrid elektr stansiya quradi
Umumiy quvvati 426 MVt bo‘lgan majmua va akkumulyator tizimini barpo etish 2026-yilda boshlanadi.