O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

14-noyabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 014,37 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 40 so‘m 93 tiyinga oshdi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

2026-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrd dan ortiqni tashkil etdi.

Unga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali $15,2 mlrd kelib tushgan. Bu 2025-yilning mos davridagi $13,9 mlrd ga nisbatan qariyb 9% ga, 2024-yildagi $11,3 mlrd ga nisbatan esa 34,6% ga ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan chiqib ketgan mablag‘lar hajmi 2025-yilning yanvar-sentabr oylaridagi $1,93 mlrd ga nisbatan biroz oshib, $1,95 mlrd ga yetdi. 2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $2,06 mlrd ni tashkil etgan edi.


Avvalroq Spot banklarda kassa va inkassatsiya qoidalari o‘zgartirilgani haqida yozgan edi.