Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

14−15-noyabr — shanba va yakshanba kunlari jami 24 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi.

Ularning ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatda quyidagi banklar mavjud:

  1. Agrobank;
  2. Anorbank;
  3. APEX BANK;
  4. Asakabank;
  5. Asia Alliance Bank;
  6. Biznesni rivojlantirish banki;
  7. Garant bank;
  8. Hamkorbank;
  9. Hayot bank;
  10. InfinBank;
  11. Ipoteka-bank;
  12. Ipak Yuli Bank;
  13. Kapitalbank;
  14. Mikrokreditbank;
  15. Orient Finance Bank;
  16. Poytaxt bank;
  17. Saderat bank;
  18. Trastbank;
  19. Tenge bank;
  20. Turonbank;
  21. Universalbank;
  22. Xalq banki;
  23. O‘zmilliybank;
  24. O‘zsanoatqurilishbank.

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Avvalroq Spot Markaziy bank banklarga noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni bekor qilishni topshirgani haqida yozgan edi.