24-noyabr kuni soat 18:30 da Toshkentda Servercore kompaniyasining IT sohasi mutaxassislari va biznes vakillari uchun mo‘ljallangan “IT palov” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo kompaniyalari AI’ni qanday joriy etayotgani, bulutli infratuzilmada qanday yangi GPU’lar paydo bo‘lgani va infratuzilma barqarorligini qanday ta’minlash mumkinligi muhokama qilinadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ishtirokchilar quyidagi mavzularni muhokama qilishi mumkin:
- “Markaziy Osiyoda AI — 2026” tadqiqoti natijalari;
- Servercore bulutidagi yangi GPU’lar (Toshkentda H200, A100, RTX PRO 6000 va A5000), AI marketpleys hamda GPU-ready Managed Kubernetes;
- infratuzilma barqarorligi va ma’lumotlarni xavfsiz saqlash;
- biznesda ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish.
Tadbir dasturi qisqacha:
- “Tajribalardan ishlab chiqarishga: Markaziy Osiyo kompaniyalari AI’ni qayerda joriy etmoqda?”. Servercore tadqiqoti natijalari: kompaniyalar AI yordamida qanday vazifalarni hal qilmoqda, uni kengaytirishga nima to‘sqinlik qilmoqda va ular infratuzilmani qanday tanlamoqda? Spiker: Yuriy Kapelko, Servercore kompaniyasining operatsion direktori (COO).
- “Bulutli GPU va AI marketpleys: Servercore AI infratuzilmasida qanday yangiliklar bor?”. Yil yakunlari: bulutli infratuzilmadagi yangi GPU’lar, AI marketpleys va GPU-ready Managed Kubernetes yordamida hal etiladigan vazifalar. Spikerlar: Natalya Krushatina, Servercore kompaniyasining O‘zbekistonda mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori va Aleksey Tokarev, Servercore loyihalar menejeri.
- “Infratuzilma barqarorligini qanday ta’minlash va ma’lumotlarni qayerda xavfsiz saqlash mumkin?”. Toshkentdagi uz-1b uchinchi mavjudlik zonasi loyihalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi, infratuzilma barqarorligini mustaqil ravishda qanday baholash mumkin va O‘zbekiston hamda Qozog‘istonda qaysi zonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan? Spiker: Ivan Romanko, Servercore kompaniyasining texnik direktori (CTO).
- “Bugungi Conversational AI: biznesda ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish”. Spiker: Aleksandr Sepelev, HULI kompaniyasi bosh direktori (CEO).
- IT palov Networking: kechki ovqat, kasbiy mavzularda muloqot va tajriba almashish.
Servercore — Toshkent, Olmaota va Nayrobi shaharlarida mavjudlik zonalariga ega xalqaro IT infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun bulutli yechimlar va ijaraga beriladigan fizik serverlarni taqdim etadi. Servercore Markaziy Osiyo bozorida 6 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, 1000 dan ziyod faol mijozga xizmat ko‘rsatadi.
Kechki tadbirda ishtirok etish tasdiqlangan ro‘yxatdan o‘tishdan so‘ng amalga oshiriladi: Servercore menejeri har bir ishtirokchi bilan bog‘lanib, uning ishtirokini tasdiqlaydi va tadbirning aniq manzilini ma’lum qiladi. Arizani havola orqali qoldirish mumkin.
Sayt: servercore.com
Reklama huquqlari asosida.
