Economist Intelligence Unit o‘tkazgan xalqaro yillik tadqiqotiga ko‘ra, dunyodagi inson yashashi uchun eng qulay shaharlar reytingida Avstriyaning Vena shahri birinchi, Avstraliyaning Melburn shahri ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi.
Avstriya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib ushbu tadqiqot reytingida yuqori natijani ko‘rsatdi. Reyting jadvalidan dunyoning 140 mamlakati jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy, siyosiy barqarorlik darajasiga ko‘ra o‘rin egalladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Angliyaning Manchester shahri o‘tgan yilgi reyting natijalarida qayd etgan o‘rnidan 16 pog‘ona ko‘tarilib, 35-o‘rinni band etdi. Iqtisodchilarning fikricha, shaharning reytingda jiddiy yuqorilashiga mamlakatdagi xavfsizlik xizmati yaxshilangani sabab bo‘lmoqda.
Damashq (Suriya), Dakka (Bangladesh) va Lagos (Nigeriya) ro‘yhatdagi so‘ngi uchlikdan o‘rin egallashdi.