Tatariston O‘zbekistonda Химград технополис shahobchasi va Эйдос-Медицина kompaniyasining robot-simulyatorlar yig‘ish korxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Tatariston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Xalq so‘zi.
Tatarston respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjonom Ibragimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
“Bizda shu yil may oyida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda. Hujjat barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi: savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy sohalar”, — deya ta’kidlagan Tatariston prezidenti Toshkent viloyati hokimi bilan uchrashuv yakunida.
Bu borada belgilab olingan yo‘l xaritasidagi loyihalardan biri Toshkent viloyati hududida Tataristonning Химград технополис shoxobchasini yaratishdir.
Minnixanovning aytishicha, mazkur maydonda o‘z biznesini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan ishbilarmonlar bor. U O‘zbekistonga shu bo‘yicha boshqaruvchilar va texnologiyalar yuborilishini, Toshkent viloyati esa o‘z tarafidan zarur infratuzilma masalalarida qo‘llab-quvvatlashini qayd etib o‘tgan.
O‘z navbatida Toshkent viloyati mahsulotlarini Tataristonga ulgurji yetkazib berishni tashkil etish, tatar tovarlarini O‘zbekiston bozorlarida ilgari surish rejalashtirilyapti. Buning uchun maxsus tuzilmaga asos solinadi.
Химград технополис — kimyo va polimerlarni qayta ishlash sohasidagi tadbirkorlik uchun zamonaviy sanoat parki hisoblanadi. Uning loyihaviy maydoni 500 ming kvadrat metrdan oshadi. 2007 yilda ochilgan. Ayni chog‘da Химград maydon rezidentlariga kompleks muhandislik infratuzilmalariga ega yer uchastkalarini ham taqdim etadi. Texnoparkda yirik miqyosdagi loyihalarni amalga oshirish doirasida turli-tuman infratuzilma shakllari vujudga kelyapti. Eksperimental laboratoriyalar, injiniring markazlari, stajyorlar uchun tajriba maydonlari shular jumlasidandir.
Эйдос-Медицина MCHJ Rossiya va MDHdagi yagona tibbiyot trenajyor-simulyatorlari yaratuvchisi hamda ularni turkum ishlab chiqaruvchisidir. Unga 2012 yilda asos solingan. Ushbu kompaniya Сколково biotibbiyot texnologiyalari jamg‘armasi klasteri rezidenti sanaladi. 200dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritadigan kompaniya o‘z yo‘nalishida dunyodagi eng yetakchi beshtalikka kiradi hamda mahsulotlarini Yevropa, Osiyo, AQSH va MDH mamlakatlari bozorlariga yetkazib bermoqda.