Joriy yilning 6 avgustdan 10 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 776 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqida O‘zbekiston respublikasi tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mdan oshdi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 54% ikkinchi va 22,5% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 18% ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Andijon viloyati avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi qariyb 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 56% ga teng.