Joriy yilning 6 avgustdan 10 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 762,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu haqida Tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 541,5 mlrd so‘mdan 722,9 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha paxta tolasi birinchi o‘rinni 29,0% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda qurilish materiallari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 23,7% ni egalladi. Keyingi o‘rinlardan 9,2% ulush bilan neft mahsulotlari, 7,9% ulush bilan rangli metallar, gaz va polietilen joylashdi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali 3,7 mln AQSH dollardan ziyod mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil etdi. Uning ulushi 74%ga teng. Keyingi o‘rinni sanoat moyi egalladi. Uning ulushi 26% ni tashkil qiladi.
Joriy yilning 6 avgustidan 10 avgustigacha bo‘lgan davrda birjaning Listing komissiyasi tomonidan sotuvchilar arizasiga binoan qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi va yog‘-moy mahsulotlari, neft mahsulotlari va boshqa tovarlarga 174 ta standart birja kontraktlari ochildi.