O‘zbekistonda 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bergan.
2018 yilning yanvar-iyul oylarida jami 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 527,4 mln. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 74,0%) eksport qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining tarkibiga qaralsa, 463 ming tonnadan ko‘proq sabzavotlar 204,4 mln. AQSH dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga ko‘proq miqdor (tonna)dagi, 171,7 ming tonna meva va rezavorlar 270,8 mln. AQSH dollariga (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,9 ming tonna ko‘p) eksport qilingan.