Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi VPN ishlatgan shaxs javobgarlikka tortiladi degan xabarlarni inkor etdi. Bu haqida Газета.uz ma’lumot berdi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida 13 avgust kuni telekommunikatsiya tarmog’iga noqonuniy kirish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etilishi haqida yozilgan hujjat loyihasi chop etildi. Yangilik ba’zi ommaviy axborot vositalari tomonidan noto’g’ri izohlagan”, deb Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Газета.uzga qayd etdi.

Ma’lumotlar yoki axborot resurslariga kirish, shuningdek, buning uchun VPN-tarmoqlarni qo’llash va VPN-kanallardan xususiy yoki biznes yuritish maqsadida foydalanishni cheklab qo’yish masalalari ko’rib chiqilmayabdi, deb Vazirlikda ta’kidlashdi.

Xabarga ko’ra, Jinoyat kodeksiga uzgartirish taklifi (eng kam ish haqining 100 dan 300 barobari miqdoridagi jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan cheklash, yoki uch yilhacha ozodlikdan maxrum qilish) tijorat asosida xalqaro aloqalarni tashkil etish buyicha noqonuniy faoliyat olib borayotgan shaxslarga tegishlidir, deb xabar berdi Mininfocom.