GM Uzbekistan avtomobillar narxlarini yangiladi, deb yozadi kompaniyaning matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, o‘tkazilgan tahlil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning alohida modellari uchun chakana narxlarni o‘rtacha 7,7 foizga oshirish zarurligi to‘g‘risida og‘ir va jamoatchilik tomonidan ma’qullanmasligi mumkin bo‘lgan qaror qabul qilindi.
Ayni paytda, eng hamyonbop va aholi o‘rtasida ommabop “Spark”, “Neksiya” va “Kobalt” modellari uchun chakana narxlar o‘zgarishsiz qolmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qarorni qabul qilishda “General Motors Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvoli og‘irligi hamda alohida avtomobil modellarini ishlab chiqarishning norentabelligi inobatga olindi, lekin aksiz solig‘i stavkalarini maqbullashtirish va dilerlik marjasini kamaytirish hisobiga narxlarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishildi.
Xavfsizlik va shinamlikni yuksaltirish maqsadida yaqin kelajakda avtomobillar mijoz xohishiga ko‘ra qo‘shimcha ravishda yo‘nalish barqarorligi va orqa salonni shamollatish, o‘rindiqlar va old oynani isitish va boshqa yangi tizimlar bilan butlanadi.
2018 yil 1 avgust kuniga qadar tuzilgan va jismoniy shaxslar tomonidan bo‘nak pulining kamida 85% i va yuridik shaxslar tomonidan 100% i to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlar va muddatlarda amalga oshiriladi.
GM Uzbekistan avtomobillariga narxnoma:
Turlari | Narxlar (so'm) |
Chevrolet Damas | |
DLX B6O А90 | 62 812 220 |
LABO (Uzaytirilgan kuzov) MXH T79 | 69 271 508 |
Chevrolet Spark | |
LS M/T (LKY) C60 N40 T3U AE3 2GB RQY AK5 JM4 D75 | 64 616 255 |
LT A/T (LL0) NJ1 MNG C60 T3U AK5 JM4 UH7(UCH) RR1 AFV (AFP,AFQ) V54 | 74 064 275 |
Chevrolet Nexia | |
LT C60 AE3 AJ3 DL6 T3N UQ4 D75 | 73 719 040 |
LTZ A/T C60 ABZ AJ3 MNJ RRK UK3 UQ4 60I | 86 467 975 |
Chevrolet Cobalt | |
LT с/к C60 US8 JM4 ADL T3U DL6 | 83 865 970 |
LTZ A/T C60 US8 TZC MH9 | 97 183 305 |
Chevrolet Lacetti | |
SX C60 RRL JL9 UPX | 107 291 711 |
CDX A/T C60 CF5 NH9 RRK JL9 AJ3 B18 UK3 T3U DL7 UPX UW6 | 128 604 536 |
Chevrolet Lacetti GBU bilan | |
SX | 115 622 070 |
Chevrolet Malibu 2 | |
LT A/T (R96 RSC ZAM CJ2 AAQ AE8 KA1 H0Y T4 °F T7E TR7 T79 IO5 BTV MNK K34 ASV UVD TTW BTM USS UD5 LCV NKC C3U) | 275 780 750 |
Chevrolet Captiva | |
LT A/T (VY7 C37 RYB/RSX C68/CJ2 AM9 AQ2 G67 CF5 V3E C38 UD7 TUQ E62 KAO QQ6/RVZ TR6 USR AT7 IOB T4L UVC TPV VWC AT3) | 260 455 998 |