Toshkentda 3 kun ichida 45 ta avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
23-avgustdan yengil avtotransport vositalari oynasini qoraytirishga ruxsatlar berila boshlandi. O‘tgan 3 kun ichida bunday ruxsatni 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs olgan.
Avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsatnoma berish va o’zgartirish stavkasi Vazirlar mahkamasining qarorida keltirilgan. Unga ko’ra:
- Jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 90 baravari (16,6 million so’m);
- Yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 120 baravari (22,1 million so’m);
- Xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun eng kam oylik ish haqining 140 baravari (25,8 million so’m).
Tegishli ruxsat olmasdan o‘zboshimchalik bilan avtomobillar oynalarini qoraytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga ko‘ra javobgarlik ko‘zda tutilgan.