“O‘zbekneftgaz” AJning foydalanilmayotgan va ixtisosli bo‘lmagan aktivlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ro‘yxat bo‘yicha foydalanilmayotgan va ixtisosli bo‘lmagan aktivlari ommaviy savdolarda xususiy mulkka sotiladi.

1-ilovada nazarda tutilgan aktivlarni ommaviy savdolarga qo‘yilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida sotilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, kichik sanoat zonalarida yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari to‘lovlarni 10 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aktivlar bozor qiymatining kamida 15%ini oldindan to‘lash va to‘lovlarning qolgan qismini har yili teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.

Neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ro‘yxat bo‘yicha aktivlarini qoldiq (balans) qiymati bo‘yicha ulardan keyinchalik samarali foydalanish uchun davlat mulki sifatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga operativ boshqaruvga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.