Amerika ta’limi dasturlari bo‘yicha tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalarga bevosita aloqadar bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tashkilotning asosiy maqsadi:
- Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni va yakdillikni mustahkamlash;
- talabalar, magistrantlar va o‘qituvchilar uchun xalqaro ta’lim almashinuvlari va amaliyotlarini tashkil etish;
- Amerika ta’limi dasturlari bo‘yicha tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalarga bevosita aloqadar bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda universitetlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamalashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
Spartlen O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni e’tirof etib, uning mamlakatiga buyurilgan oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan hamma kelishuvlar so‘zsiz amalga oshirilayotganligi alohida ta’kidlab, vakolatxonaning ro‘yxatdan o‘tkazishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shu bilan birga tadbir jarayonida ishtirok etgan vakolatxona ishonchli vakillari tomonidan kelgusida Vakolatxonaning faoliyati ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishiga hamda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ta’lim sohasida samarali huquqiy asos yaratishi ta’kidlandi.