Maxsus qum filtri yomg’ir suvini ichimlik suviga aylantiradi. Bu haqda Texnokult ma’lumot bergan.
Berklidagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari guruhi ikki xil tabiiy marganes bilan aralashgan oddiy qumdan iborat suv filtri ishlab chiqdilar. Bu moddalar bir-biri bilan o’zaro aloqaga kirishib odamga zarar etkazmaydigan (MnO2) marganes oksidiga aylanadi.
Qumli filtrdan o’tuvchi gerbitsidlar, pestitsidlar yoki plastik kimyo — bisfenol bilan bilan ifloslangan suv marganes oksidi bilan reaksiyaga kirishadi. Zararli kimyoviy moddalar “bog'lanishi” orqali suvni “erkinlik” ga qo’yib yuboradi. Shu bilan birga, ular ikkilamchi tozalash jarayonida osonlik bilan biologik bo’linadigan kichik, kam toksik kimyoviy bo’laklarga ajraladi.
Tabiiyki, qayta ishlatish jarayonida filtrning samaradorligi kamayadi, ammo filtrni texnik suv bilan chayqab “qayta zaryadlash” mumkin. Hisob-kitoblarga ko’ra, yarim metrlik qum qatlami ikki kun davomida tarkibida xlor (25: 1,000,000) bo’lgan suv bilan yangilanadi.
Olimlarning fikriga ko’ra, kelajakda qum filtrlari bo’ronli suvlarni tozalashda qo’llanilishi mumkin. Yangi texnologiya Sonoma (AQSH) qishlog’i oqimlaridagi yomg’ir suvida sinovdan o’tkaziladi.