50 kun ichida O’zbekistonga kirish vizasini 45 ta mamlakat fuqarosi oldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, elektron tizimning ishga tushganidan 50 kun davomida O’zbekistonga kirish uchun elektron vizani 9 mingdan ortiq 45 mamlakat fuqarosi oldi.

15 iyuldan 5 sentyabrgacha bo’lgan muddatda elektron vizalarni olgan fuqarolar 5 ligini ilgarigidek Xitoy (2043), AQSH (998), Buyuk Britaniya (900), Hindiston (716) va Fransiya (588) fuqarolari egalladi.