Qishloq xo’jaligi sohasidagi talon-tarojliklar fosh etildi, deb yozadi O’zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida, 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln. so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvatlash mablag‘larini byudjetdan ajratib olingan.

Ajratib olingan mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.