Moliya vazirligining buyrug’iga asosan Odilbek Rustamovich Isakov Moliya vazirining maslahatchisi, Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi Vazirlik matbuot xizmati.
Odilek Isakov ta’kidlashicha, O’z bilim va tajribalarini ona yurtda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun foydali bo’lishi uning uchun ulkan baxt.
Odilbek Isakov 1981 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 1998−2000 yillarda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan.
Buyuk Britaniyadagi Manchester Metropolitan Universitetining Biznes Iqtisodiyoti bo’yicha bakalavri (BA in Business Economics), Stratklayd Universitetining Moliya bo’yicha magistr (MSc in Finance) darajalariga hamda Malakali Moliyaviy Tahlilchi (CFA — Chartered Finance Analyst) kvalifikatsiyasiga ega.
Odilbek Isakov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. 2011 yildan beri umumiy qiymati 115 milliard AQSh dollaridan ortiq 70 dan ortiq muvaffaqiyatli qo’shma loyihalarni boshqargan.
Shuningdek, 2016 yil mart oyidan hozirgacha HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog’ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida ishlab kelgan.
“GlobalCapital” nashrining “Jahon moliya bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha eng yaxshi bankir” unvoni uchun 3 karra nominatsiya sazovori bo’lgan.
18 sentabr 2018, 11:33
Iqtisodiyot
Buyuk Britaniya banki boshqarma boshligi Moliya vazirining maslahatchisi etib tayinlandi
Odilbek Isakov “GlobalCapital” nashrining “Jahon moliya bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha eng yaxshi bankir” unvoni uchun 3 karra nominatsiya sazovori bo’lgan.
Odilbek Isakov
Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 571
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:56 Iqtisodiyot
Soliq qo‘mitasi Namanganda soliq qarzi uchun elektr to‘lovi cheklanishi bo‘yicha izoh berdi
Qarzdorlik uchun elektr o‘chirilmaydi, faqat to‘lovlarga vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Bu tizim ayrim toifalarga tatbiq etilmaydi.
Kecha, 19:28 Biznes
“Poytaxt estetikasi tadbirkor hisobiga bo‘lmasligi kerak” — Yuksalish raisi peshlavhalarni demontaj qilishni to‘xtatishga chaqirdi
Bobur Bekmurodov holatni huquqiy normalar buzilishi deb baholab, har qanday majburlov chorasi sud qarori asosida amalga oshirilishi shartligini taʼkidladi.
Kecha, 18:06 Qiyofa
Reklamadagi sun’iy intellekt samaradorlikni pasaytiradi — tadqiqot
Biroq, SI ko‘zga tashlanmaydigan darajada integratsiya qilingan videolar ham an’anaviy videolar kabi deyarli bir xil samara beradi.
Kecha, 17:29 Qonunchilik
Toshkentda FVB xodimi, Farg‘onada esa Energosavdo muhandisi ushlandi
Ulardan biri yong‘in bo‘yicha xulosa olib berish uchun 6,5 mln so‘m olgan bo‘lsa, ikkinchisi jarimani kamaytirish evaziga $10 ming talab qilgan.
Kecha, 16:43 Transport
52 km masofa 35 daqiqada va tirbandliklardan holi: Toshkent-Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Loyiha bo‘yicha Qatarning Protocol Group va Koreyaning Korea Expressway Corporation kompaniyalari bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Kecha, 16:03 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 38 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:35 Qonunchilik
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetda tarqatganlar javobgarlikka tortilishi mumkin
Deputatlar internet orqali haqorat qilish, so‘kinish uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini maʼqullab, Senatga yubordi.
Kecha, 14:53 Iqtisodiyot
Endi soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi
Yangi tizim Namangan viloyatida sinov tarzida joriy etiladi. Agar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik 1 mln so‘mdan oshgan bo‘lsa, fuqarolarga bir necha marotaba ogohlantirish yuboriladi.