Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda tegishli tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.

Ammo, poytaxtimiz aeroportida Sharjadan uchib kelgan fuqaro Z.M. mazkur tartiblarni buzishga urindi.

Unga tegishli bagaj bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, narxi 14 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.