O‘zbekistonning tashqi qarzlari 15,8 milliardni tashkil qildi. Markaziy bank ma’lumotlari bundan dalolat beradi.

Davlat sektorlarida qarzdorlikning o‘sishi kuzatilgan (479 million $), bu vaqtda esa xususiy sektor qarzlari 476 million $ga qadar kamaydi.

“Shunday tarzda, davlat tashqi qarzlari o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi, bunga davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarni jalb qilish orqali erishildi”, — deya ta’kidlab o‘tilgan hisobotda.

Yilning birinchi yarmida xususiy sektorlar tomonidan umumiy miqdori 298,6 million $ da qarzlar jalb qilindi.

Qarz olish asosan banklar tomonidan amalga oshirildi — 176,6 million $ olindi, shundan 110,6 million $ — davlat ulushi bo‘lgan banklar tomonidan, 24,3 million $ — to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan va 63,9 million $ — iqtisodiyotning boshqa tarmoq korxonalari tomonidan.

O‘zbekistonning asosiy qarzlari

O‘zbekistonning asosiy qarzlari — uzoq muddatli. Masalan, 1 yilgacha bo‘lgan qarzlar 170 million $ (1%), 5 yilgacha — 985 million $ (6%), 10 yilgacha — 1,1 milliard $ (7%). Ularlarning 86%ini, ya’ni 13,5 milliard $ni 10 yildan ko‘proq muddatga olingan qarzlar tashkil qiladi.

Birinchi yarim yillikda mamlakat umumiy miqdori 686,3 million $ga teng bo‘lgan qarzini hamda 176,6 million $ miqdordagi foizlarni to‘lashga ulgurdi.