“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tanlov o’kazmoqda, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ quyidagi lotlar boʻyicha ishlar amalga oshirilishi yuzasidan takliflar tayyorlash, taqdim etish va koʻrib chiqish boʻyicha tanlov oʻtkazmoqda:

  • “Toshkent shahar, 100035, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy manzili boʻyicha joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi elektron ovoz berish avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasi;
  • “Toshkent shahar, 100078, Islom Karimov koʻchasi, 9-uy manzili boʻyicha joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ovozlarni hisoblash elektron tizimini takomillashtirish” loyihasi.

Tanlovga boʻlgan talablar mazkur eʼlonga ilova koʻrinishida keltirilgan.

Buyurtmachi tanlov oʻtkazishni rad etish va ariza qabul qilish sanasi tugagunga qadar istalgan vaqtda kelib tushgan barcha arizalarni bekor qilish huquqini oʻz zimmasida qoldiradi.