Prezidentning “Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Mazkur qaror “Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi
- xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan:
Davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Shuningdek narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilanadi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portali
Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
- boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha auksion o‘tkazish to‘g‘risida e’lon — uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin;
- tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon — tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida o‘n kun oldin joylashtiriladi.