Shavkat Mirziyoyev Hindiston respublikasi prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, turizm, harbiy ta’lim, adliya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingani qayd etildi.

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.