“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida vaqtinchalik propiska qilishning onlayn usuli haqida maqola tayyorlandi.

O‘zbekiston fuqarolarini turar joyi bo‘yicha hisobga olish Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida vaqtincha propiska qilish muddati 5 kundan 6 oygacha.

Maqolada qayd etilishicha, IIV statistikasiga asosan yiliga 500 000dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskani rasmiylashtirishadi.

Toshkentda ro‘yhatdan o‘tish uchun elektron tarzda ariza berish

Hozirgi paytda “Toshkentda va Toshkent viloyatida tashrif joyida ro‘yxatdan o‘tish” xizmati optimallashtirilgan holda YAIDXPda test rejimida ishlayapti. Shuning uchun, arizachi (ijara hakidagi shartnomasi bo‘lmasa) quyidagicha holatlarda an’naviy tarzda xizmatdan foydalanadi:

  • arizachi uy egasining yoki ushbu uyda doimiy ro‘yxatda bo‘lgan yashovchining yaqin qarindoshi bo‘lsa;
  • Toshkentga yoki Toshkent viloyatiga ishga aloqador safarlar, o‘qish, ta’til, malaka oshirish, davolanish munosabati bilan tashrif buyurgan bo‘lsa.

Ushbu xizmatdan elektron tarzda foydalanish uchun OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Shunlan keyin YAIDXPda avtorizatsiya qilinadi va “Fuqarolik” bo‘limida joylashgan xizmatdan foydalaniladi.

Onlayn tarzida xizmatdan foydalanish uchun elektron shaklni to‘ldirish va quyida keltirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim bo‘ladi.

Onlayn tarzda xizmatdan foydalanish bosqichlari:

1-bosqich. Uy egasi YAIDXPdan foydalunuvchilar safiga ko‘shilishi va YAIDXPdan foydalanganda amal qilinadigan tartib-qoida bilan tanishib, unga amal qilish majburiyatini zimmasiga oladi va xizmatdan foydalanishga o‘tadi.

2-bosqich. Uy egasi o‘zini “men uy egasiman” deb belgilaydi.

3-bosqich. Tizim avtomatik tarzda shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldiradi. Arizachi uni “Kadastr raqami”, “Jismoniy shaxsning shaxsiy raqami (JSHSHR)”, “Vaqtinchalik ro‘yxatda turish muddati” ma’lumotlari bilan to‘ldirilishi zarur.

4-bosqich. Arizachining 16 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lsa, ularni ham vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish zarurati tug‘ilsa, bolalar haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • familiya, ism, otasining ismi;
  • tug‘ilgan yili;
  • tug‘ilgan joyi;
  • qarindoshlik darajasi.

5-bosqich. Uy egasiga maxsus kod beriladi (invoys). Ushbu kodni u vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tuvchiga berishi lozim, chunki shu bosqichdan keyin arizani to‘ldirish uy egasidan ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga o‘tadi.

6-bosqich. Invoysni uy egasidan olgandan keyin vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan shaxs YAIDXPda avtorizatsiyadan o‘tadi va xizmatga kiradi. Birinchi bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan shaxs uy egasi kabi YAIDXPdan foydalanish qoidasi bilan tanishib chiqish shartlarini qabul qiladi.

7-bosqich. Fuqaro o‘zini “men uy egasimasman” deb belgilaydi.

8-bosqich. Keyingi bosqichda, ro‘yxatdan o‘tuvchi uy egasidan olingan invoysni kiritib, rasmdagi kodni kiritib, autentifikatsiyadan o‘tishi lozim.

9-bosqich. Invoysni kiritgandan so‘ng tizim ro‘yxatdan o‘tadigan shaxs arizasining maxsus shaklini yaratadi, bu jarayonda tizim avtomatlashgan holda barcha zaruriy ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligining idoraviy ma’lumotlar bazalaridan oladi.

10-bosqich. Ro‘yxatdan o‘tadigan shaxs ro‘yxatdan o‘tish maqsadi, sanasi, ish faoliyati va doimiy turar joyini ko‘rsatishi lozim. Kelishuv shartlarini tasdiqlashi zarur.

11-bosqich. Ariza to‘liq to‘ldirilgandan keyin ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun “Pasport viza” tizimiga yunaltiriladi.

12-bosqich. Ijobiy hulosa chiqarilgan holatlarda MvFRB tomonidan, uy egasining va ro‘yxatdan o‘tuvchi shaxsning shaxsiy kabinetiga, muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi elektron hujjat yuboriladi.

Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjatning elektron nusxasi, asl nusxaga tenglashtiriladi va huquqiy hujjat hisoblanadi. Hujjatning haqiqiyligini pastki qismida joylashgan QR-kod orqali aniqlash mumkin.