Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining faoliyatini tartibga solishga doir eng muhim funksiyalar topshirildi. Bu haqida Norma xabar berdi.

Hujjatga ko’ra, Agentlik Bosh vazir boshchilik qilgan Markazning Muvofiqlashtiruvchi kengashi o‘rnini bosadi. Boshqa funksiyalar sirasida u yuridik shaxslarni Markaz rezidentlari sifatida ro‘yxatga olish va ularni ushbu maqomdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qiladi.

Markaz rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:

  • barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
  • belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilgan.

Rezident maqomini olish mezonlari hamda soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi esa Markaz to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solingan. 154 ta tashkilot uning rezidenti maqomiga ega bo‘lgan.