15 oktyabrdan boshlab barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tartibda rasmiylashtirishni joriy etish bo’yicha eksperiment o’tkaziladi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi qarorida keltirilgan.

Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar vazifalarini mujassamlashtiradi.

Eksperiment o‘tkazish davrida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron shaklda taqdim etish bilan bir vaqtda qog’oz shaklida tuzish huquqi beriladi.

Mazkur eksperiment Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida o’tkaziladi.

O‘tkazilgan eksperiment natijalari bo‘yicha ushbu mexanizmni butun mamlakat bo‘ylab joriy etish yuzasidan takliflar 2019 yil 1 fevralga qadar kiritilishi lozim.

Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert xulosasini olgan tashkilotlar — elektron hujjat almashish operatorlari elektron hisobvaraq-fakturalarning elektron aylanishi va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirishlari mumkin.