Xitoyda Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Siljiydigan korpusli yangi dizayn displey atrofidagi ramkalarni yanada kichraytirish imkonini beradi. Biroq bu qurilmaning yagona xususiyati emas.

Smartfon xususiyatlari

Xiaomi Mi Mix 3 tomonlarning nisbati 19.5:9 bo‘lgan 6.39-dyuymli AMOLED-displey, 2340×1080 piksel o‘lcham va 600 kd/m² maksimal yorqinlikka ega bo‘ldi. U frontal yuzaning 93.4%ini egallaydi. Pastki ramka 72% yupqalikda bo‘ldi, garchi yon tomonidan uzoq joylashgan bo‘lsa-da.

Qurilmaning yuragi sakkiz yadroli Snapdragon 845 protsessori bo‘ldi. Sotuvga 6, 8 yoki 10 gigabayt operativ xotiraga ega, ichki xotira hajmi 128 yoki 256 gigabaytni tashkil etuvchi turlari chiqariladi. MicroSD xotira kartalarini saqlamaydi.

Xiaomi Mi Mix 3 3200 mAch batareyaga ega. USB-toifa-C porti, ikkita chastotali GPS moduli, ikkitomonli Wi-Fi, Bluetooth 5.0 va NFC chipi, shuningdek, simsiz zaryadlash mavjud.

Kameralar

Orqa tarafidagi qo‘shkamera Sony IMX363 matritsali 12 megapiksel (piksel o‘lchami 1.4 mkm), f/1.8 diafragmali, Dual Pixel texnologiyali va to‘rt o‘qli optik stabillashgan asosiy modulni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi teleobyektivli (f/2.4) Samsung S5K3M3 12-megapikselli sensor ikki baravar optik yaqinlashishni ta’minlaydi. Soniyasiga 960 kadr tezligida videotasvirlar yoza oladi. Sun’iy intellekt kadrdagi obyektlarni aniqlay oladi. Kech tushganda smartfon shovqinni kamaytirish uchun bir nechta kadrlarni birlashtiradi.

Old kamerada Sony IMX576 24 megapikselli sensor mavjud, bu esa zaif nurdagi selfi sifatini yaxshilash uchun to’rt pikselni birlashtira oladi.

Smartfon uch rangda mavjud: yashil, ko’k va qora.

Xitoy bozorida Xiaomi Mi Mix 3 narxi 6/128 Gb uchun 475 $dan boshlanadi. 8/128 Gb versiyasining narxi 515 $ va eng yuqori 8/256 GB versiyasi 575$ ga baholandi.