Yangi avtobuslar keltirila boshlandi, deb yozadi “Toshshahartransxizmat"AJ matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, joriy yil oxiriga qadar keltirilishi rejalashtirilgan 80 ta “SAZ LE 60” avtobusining dastlabki 20 tasi Samarqanddan Toshkentga keltirildi.

“Samarqanddagi har ikki avtomobil zavodi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yil so‘ngiga qadar yana 60 ta „SAZ LE 60“ hamda 40 ta „MAN“ rusumli avtobuslar bosqichma bosqich keltirilishi ko‘zda tutilgan. Bu jarayon muntazam davom ettiriladi. Shu tariqa avtosaroylarning harakat tarkibi yangilab boriladi”, deyiladi xabarda.

Poytaxt jamoat transporti tarixida ilk bora konditsionerli avtobuslardan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. “SAZ LE 60” avtobusining texnik qulayliklari to‘g‘risida: Avtobusga avtomat o‘tkazgichli Yevro-4 dvigateli o‘rnatilgan.

Bundan tashqari konditsioner hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus o‘rindiq va pandus (chiqib-tushish yo‘lagi) bilan jihozlangan. Mazkur avtobus jami 56 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 25 ta o‘rindiqqa ega.