“O‘zbektelekom” kompaniyasiga bir yil ichida uchinchi direktor tayinlandi. Xasanov Nazirjon Nabijonovich “O'zbektelekom” AK bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha Nazirjon Xasanov “O'zbektelekom” AK davlat organlari bilan o’zaro munosabatlar bo’yicha direktori lavozimida ishlab kelgan. Xasanov Nazirjon 1970 yilda tug’ilgan, millati o’zbek.

Ma’lumoti oliy: 2002 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Telekommunikatsiyalar fakultetini bitirgan. 2012 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1991-yilda “Andijon Telekom” filialida elektromexanik lavozimidan boshlagan. 1991−2005 yillarda “Andijon Telekom” filialida muhandis, 2005 yildan 2008 yilgacha “O'zbektelekom” AK direktori birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan.

2008 yildan 2014 yilgacha “O'zbektelekom” AK bosh direktorining o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, 2015 yildan 2017 yilgacha “O'zbektelekom” AK texnik direktori lavozimida, 2017 yilda “O'zbektelekom” AK “Bosh kommutatsiya markazi” filiali direktori lavozimida ishlagan.