O‘zbekistonda kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Ular Uzcard va UnionPay tizimlarida bir vaqtda ishlaydi. Shuningdek, yangi avlod plastik kartalari orqali kontaktsiz to‘lov texnologiyasi (NFC) bo‘yicha hisob-kitob qilish mumkin.

Kartalardan nima maqsadda va qayerda foydalanish mumkin?

O‘zbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay ikkita to‘lov tizimining qo‘shma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala to‘lov tizimi infratuzilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistonda kobeyjing kartalari oddiy so‘m kartasi, xorijda esa — valyuta kartasi sifatida to‘lovga qabul qilinadi.

Kobeyjing kartasi O‘zbekistonda, shuningdek 170 ta mamlakatda va UnionPay infratuzilmasi mintaqalarida to‘lov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalarini, tegishincha, yangi kobeyjing kartalarini to‘lovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud.

Yangi kobeyjing kartalari to‘lovni kontaktsiz amalga oshirish NFC texnologiyasi va ko‘p bosqichli himoya tizimlari bilan jihozlangan. Kontaktsiz to‘lovni faqat “NFC” logotipi mavjud bo‘lgan joylarda amalga oshirish mumkin.

Xarid qilish jarayonining o‘zi quyidagi ko‘rinishga ega:

  • kassir tomonidan kiritilgan to‘lov summasini tekshirish zarur;
  • kontaktsiz karta bir lahzaga hisoblash qurilmasiga yaqinlashtiriladi;
  • tovushli signal chiqadi, displeyda yozuv paydo bo‘ladi, bu to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlaydi;
  • terminal uzib qo‘yiladi, bu summani ko‘p marta yechib olishni istisno qiladi.