Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax shahar, Sayiljoyi mahallasi, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 63-uyda joylashgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalanish boshqarmasiga tegishli bino ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida boshqarma rahbari F.Umarov bino tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uskunasi ko‘rsatgichini sun’iy ravishda to‘xtatish maqsadida tok transformatorlariga kelgan uch dona simlarni uzgan.

Umarov elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga manfaatiga 122 mln. 845 ming so‘m miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.

Mansabdor shaxs ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan. F.Umarovga sodir etgan harakatining huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, elektr ta’minoti korxonasiga etkazilgan 122 mln. so‘mdan oshiq zarar qoplandi.