Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Yalpi oltin-valuta zaxiralari 26,4 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvarda bu ko’rsatkich 28 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 11,8 mlrd. $ (bir oy oldin 12,4 mlrd. $) ni tashkil etdi.
Monetar oltin 14,6 mlrd. $ ni tashkil etgan (yanvarda bu ko’rsatkich 14 mlrd.). Sof oltin valyuta zahiralari esa 25,7 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvar oyida bu bu ko’rsatkich 26,5 mlrd. $ ni tashkil etdi).
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri- 853,0 mln. $.).
Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko’payishi qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga o’sishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 403,2 mln. $.).
21 noyabr 2018, 09:39
Iqtisodiyot
Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi.

Foto: Financial Times
«Spot»
- 2 082
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 21:00 Iqtisodiyot
Dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi: ekspertlar so‘m mustahkamlanishi haqida
Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Kecha, 19:35 Qonunchilik
Haydovchilarga nisbatan hujjatlarning asl nusxasini ko‘rsatish talabi o‘z kuchida qolmoqda — YHXX
Avtomobil haydovchilari YPX xodimlariga nazorat vaqtida pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishlari kerak. Ularning elektron nusxalaridan ma’muriy amaliyot markazlari, ro‘yxatga olish hamda imtihon bo‘limlarida foydalanish mumkin.
Kecha, 18:18 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda
O‘zstandart ushbu yig‘im chiqindilarni qayta ishlash va tegishli infratuzilmani yaratish xarajatlarini qoplashga yordam berishini kutmoqda.
Kecha, 18:01 Biznes
General Motors AQShda 62 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olmoqda
Qayd etilishicha, qaytarib olishga avtomobillarning tormoz tizimidagi muammolar sabab bo‘lgan.
Kecha, 17:45 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda go‘shtga bo‘lgan talab qanday qoplanadi? Rasmiylar izoh berdi
Senator mamlakatda dastlabki to‘rt oyda qo‘y go‘shti 15,2%, mol go‘shti esa 14,6% ga qimmatlashgani, bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 32,3% va 30,5% ni tashkil etganini ma’lum qildi. Mutasaddilar talabni qondirish va narxlar barqarorligi uchun qanday choralar amalga oshirilishini tushuntirdi.
Kecha, 16:42 Biznes
Apple AQSh sudida smartfon bozoridagi monopoliya ayblovi bo‘yicha javob beradi
Kompaniyaga qarshi tergov 2019-yilda, Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida boshlangan edi.
Kecha, 16:20 Iqtisodiyot
Qirg‘izistonda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi
Xalqaro temir yo‘lining mamlakatdan o‘tuvchi qismi 304 kmni tashkil etib, ushbu yo‘l bo‘ylab to‘liq qurilish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Kecha, 16:08 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 19 so‘mga pasayib, 12 676,11 so‘mni tashkil etdi.