Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirga tashrif buyurgan “QS World University Rankings"(Jahon miqyosidagi eng yaxshi universitetlar reytingi) reyting agentligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Zoya Zayseva O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari nima sababdan xalqaro reytinglarda o‘rin olmaganligiga javob berdi:

O’zbekiston “QS World University Rankings” ro’yxatiga kiritilmagan

Universitetlaringiz yangi vazir kelgandan keyin reytinglarga qo‘shilish uchun harakatni boshladi. Bungacha hech qanday so‘rov bizga kelmagandi. Na kommunikatsiya maqsadida, na tadbirlarga va na tahlil bo‘yicha hech qanday taklif kiritilmagan.

Gap shundaki, QS reytingini tuzishda asosiy indikatorlar 5 yil ichida taqdim etiladigan kumulyativ ma’lumotlardan foydalaniladi. Akademik nufuz, ish beruvchilar bahosi, Scopusning bibliometrik ma’lumotlari asosida tuziladi. Universitetlar bu ma’lumotlarni yig‘ishlari uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalari qachonki o‘zlari reytingdan o‘rin olishga astoydil kirishsa, bu harakatlar sekin-asta o‘z natijasini bera boshlaydi. Hozircha bu haqida gapirishga erta. Kumulyativ ma’lumotlar bizda yo‘q.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari asosiy muammosi xorijiy o‘qituvchilarning kamligida

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Asosiy muammolarga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu avvalo barcha sobiq ittifoq mamlakatlaridagidek kabi, xorijiy talabalar va xorijiy o‘qituvchilarning kamligi.

Biz uchun asosiy muammoni saytlar tug‘diradi. Chunki, ingliz tilidagi ma’lumotlar yangilanmaydi. Men kompaniyadagi rossiyalik sifatida ularni tushunishim mumkin. Ya’ni, rus tilidagi ma’lumotlarni o‘qiy olaman. Lekin, boshqa hamkasblarim uchun ingliz tilidagi ma’lumotlar yetarli emas. Bunga o‘zgartishlar kiritilishi kerak. Shu sababli ham O‘zbekiston universitetlarini jahonda kam bilishadi. Menimcha, ayni shu jabhada ko‘proq ishlash kerak.

Zoya Zaysevaning ta’kidklashicha, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro reytinglarga kira olishi uchun quyidagi asosiy jihatlarni inobatga olishi kerak:

  • xalqaro akademik hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • universitetlarni tanilish imkoniyatini oshirish;
  • ish beruvchi bilan munosabatlarni rivojlantirish. QS reytingida aynan ish beruvchining bitiruvchi haqidagi tasavvuri inobatga olinadi. Universitetlar ular bilan qiziqishi kerak, chunki bu bozor talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqdami yo‘qmi shuni bilishga imkon yaratadi.